Microsoft Internet Explorer yordamida elektr quvvatini tejashni taklif etadi
26.06.2013
Rukn: Internet, Yangiliklar.
Muallif: .

Mozilla Firefox va Google Chrome veb-brauzerlari bilan solishtirilganda, Microsoft buyurtmasi bilan Fraunhofer tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar (PDF) natijasida, Microsoft Internet Explorer kam elektr quvvatini iste’mol qiladi, deb baholanadi.

ie_26_06_2013

Tadqiqotlar uchun brauzerlarning quyidagi versiyalari tanlab olindi: Internet Explorer 10.0.9200.16540, 10.0.9200.16580, Chrome 26.0.1410.64 va Firefox 20.0.1.4847, 21.0.0.4879. Testlar oltita noutbuklarda va to‘rtta ish joyi kompyuterlarida o‘tkazildi. Tadqiqot davomida o‘rganilayotgan bruzerlarda navbat bilan AQSH’da o‘nta eng ommaviy veb-saytlarni ochib, 6 daqiqa davomida bir soniya interval bilan kompyuterning o‘rtacha quvvat iste’molini o‘lchadilar. O‘lchangan iste’mol qilinayotgan quvvat tinch holat rejimida iste’mol qilinadigan quvvatga mos tayanch ko‘rsatkich bilan solishtirildi.

Foydanilgan OT — Windows 8. Elektr quvvati iste’mol qilinishidan tashqari mashhur saytlarga kirishda tadqiqotchilar yana uchta test sinovlarini — Fishbowl ilovasini namoyish qilishda elektr quvvati iste’moli testi, HTML5 va Adobe Flash texnologiyasi yordamida videorolikni namoyish etish rejimida elektr quvvati iste’moli testini o‘tkazdilar. Aniqlanishicha, Internet Explorer eng tejamkor, tejamkor bo‘lmagan brauzer esa — Chrome brauzeri bo‘lib chiqdi. Birinchi test sinovida farq katta bo‘lmagan bo‘lsa, Flash yordamida video tomosha qilish rejimida IE ustunligi ba’zi hollarda 18,6 foizgacha yetdi.

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq