Ishoralar yordamida uyni boshqarish
26.06.2013
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Ma’lum bo‘lishicha, «aqlli uy» tizimini tashkil qilish uchun qo‘shimcha datchiklar, kameralar o‘rnatish zarurati, doim yo‘qolib qoladigan pultni izlash va TV yoki konditsionerning qimmatli tugmalari bilan mana shu «hokimiyat alomati» kimga nasib qilishi xususida bosh qotirish kerak bo‘lmas ekan. Vashington universiteti mutaxassislari uy texnikasini boshqarish yangi metodini — Wi-Fi-signallaridan foydalanishni taklif etdilar. Wisee deb nom olgan, yangi texnologiyaning ustunligi, istalgan xonada turib, uy texnikasini boshqarishdan iborat, chunki Wi-Fi signallari devorlardan o‘tadi.

wi_26_06_2013

Mаna shunday aqlli uy ancha qiziqarli hisoblanadi — u qimmat turadigan maxsus uskunalarni talab qilmaydi va demak, arzon va boshqaruvda soddaroq bo‘lishi uchun barmoqlar ishorasi yordamida ishga tushadigan qahva qaynatkich, havoda qo‘l bilan doira chizishingiz bilan ishlay boshlaydigan kir yuvish mashinasi paydo bo‘lishi vaqti uzoq emas.

Yangi texnologiya dopler siljishi hodisasiga asoslangan, unga ko‘ra inson tanasining harakatlanishi simsiz signal chastotasida kichik o‘zgarish yuzaga keltiradi. Chastotaning bu o‘zgarishi juda kichik (5 gigagertsli Wi-Fi chastotasiga qaraganda, bir necha gerts), lekin tadqiqotchilar uni topish uchun algoritmni ishlab chiqdilar.

wi_26_06_2013_1

Test sinovidan o‘tkazish davrida, WiSee 900 taklif etilganlardan 94% ishoralarni muvaffaqiyatli tanib oladi, ishoralar orasida «itarish», «tortish» kabilar bor edi.

Tadqiqotlar shuni ta’kidlamoqdaki, bu masofaviy boshqaruv bo‘yicha dastlabki tizim bo‘lib, foydalanuvchidan qo‘shimcha datchiklar, kamera va boshqa qurilmalarni o‘rnatishni talab etmaydi — xona ichiga joylashtirilgan ko‘plab antennalarga ega Wi-Fi-marshrutizatorining o‘zi yetarli. Har bir antenna aniq bir foydalanuvchining harakatiga sozlanadi, ya’ni bir vaqtda xonadonda istiqomat qiluvchi 5 foydalanuvchi yoku ofis xodimi texnikani boshqara oladi. Shu bilan birga, foydalanuvchilar barcha uskunalarni to‘liq boshqarib, bir-birlariga halaqit bermaydilar.

wi_26_06_2013_2

Ishlab chiqaruvchilar tizim xavfsizligi haqida ham puxta o‘ylaganlar: priyomnikka ulanish uchun ma’lum bir ishoralarni amalga oshirishlari kerak xolos. Bu go‘yo qo‘shnilar televizoringiz ovozini pasaytirmasligi yoki bayram shirinligini tayyorlayotganingizda duxovkangizni o‘chirib qo‘yish imkoniga ega bo‘lmasligi uchun parol deyish mumkin. Priyomnikda parol o‘rnatganingizdan keyin uyni boshqarish uchun ma’lum bir ishoralar to‘plamini olish mumkin.

Manba: www.engadget.com

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq