Internet do‘stlar bilan uchrashuv maskani
26.06.2013
Rukn: Internet.
Muallif: .

MASMI tadqiqotlar markazi qo‘llab-quvvatlashi asosida Amstel Premium Pilsener umumrossiya tadqiqotini o‘tkazdi, bundan maqsad Internetda jonli muloqot qilishni afzal ko‘ruvchi mamlakatning katta yoshdagi aholisining fikrini bilish edi. So‘rovnoma natijasida shu ma’lum bo‘ldiki, 73% respondentlar (2920 kishi) hatto oldilarida yaqinlari yoki do‘stlari bo‘lsa ham Internetdan foydalanaveradilar. Ularning deyarli yarmi (43%, 1256 kishi) doimiy ravishda onlaynda bo‘ladilar.

dost_26_06_2013

Mazkur trend 26–35 yoshdagilarga (17%) ham 36–45 yoshgacha bo‘lgan (26%) auditoriyaga ham taalluqli. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha so‘ralganlar — 2120 kishi (53%), rejalashtirganlaridan ko‘proq vaqt Internetda bo‘ladilar.

Do‘stlar va qarindoshlar bilan jonli muloqot aholi e’tiboridan chetda qolmoqda. Intervyu davomida so‘rovda ishtirok etganlarning 80% Internet yordamida dam olishni afzal bilishlari aniqlandi. Musiqa yuklab olish, filmlar tomosha qilish, messenjerlar orqali muloqot, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot eng ommaviy onlayn hordiq chiqarishlar uchligini tashkil etdi. Bundan tashqari, so‘rovda ishtirok etganlarning 74 foizi bu ishni mobil qurilmalar yordamida amalga oshiradilar.

Respondentlar ishlarida Internetga ulanish vaqtining deyarli uchdan birini, uyda esa kunning yarmini ko‘ngilxushlik bilan o‘tkazadilar. So‘ralganlar uy tarmog‘ida (47%), ishda (14%), o‘qishda (10%), mehmon kutishda (5%) serfingni afzal biladilar. So‘rovda ishtirok etgan 45 yoshdan katta respondentlar kitob o‘qish yoki televizor tomosha qilishdan ko‘ra Internetdan foydalanishni afzal ko‘rishlarini bildirdilar. Qiziqarli tomoni, ayollar erkaklarga qaraganda uyda hordiq chiqarishda Internetni foizga ko‘proq afzal ko‘radilar. «Internet — bu yomon vaziyatni yuzaga keltirayotgan vosita, iste’molchilarimizni shunchaki yaqinlariga ko‘proq e’tiborli bo‘lishlariga chaqirish kerak deb hisoblamaymiz. Keyingi yillarda shaharlar aholisi juda kam jonli muloqot qiladigan bo‘lib qoldilar. Zamonaviy insonga tabassum qilishdan ko‘ra smaylik jo‘natish osonroq», — sharhlaydi Amstel Premium Pilsener katta brend-menejeri Olesya Liber.

Manba: www.sotovik.ru

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq