Honda ekzoskeletlarini kasalxonalarga yetkazib beradi

Yaqindagina ilmiy-fantastika buyumlari bo‘lib tuyulgan, ekzoskeletlar asta-sekin haqiqiy va hatto kundalik qurilmaga aylanib bormoqda. Honda kompaniyasining Yaponiya kasalxonalariga ekzoskeletlarni yetkazib berishi haqidagi xabar mana shunday xulosaga kelish imkonini beruvchi navbatdagi yangilik bo‘ldi.

Shunday qilib, Honda Panasonic Activelink Powerloader, Cyberdyne HAL, Argo Medical Technologies Rewalk, Rex Bionics REX, Ekso Bionics EKSO, Raytheon XOS2, RB3D’s Hercule va Lockheed Martin HULC — loyihalariga, texnologiyalarni amaliy qo‘llash sohasiga kiritishga yo‘naltirilgan loyihalarga qo‘shildi.

honda_26_06_2013

Harbiylar, xizmatchilar va ishchilar kuchi va chidamliligini oshirishga imkon beruvchi ishlanmalardan farqli ravishda, Honda ekzoskeletlari mustaqil harakatlana olmaydigan bemorlarni reabilitatsiya qilish maqsadlariga yo‘naltirilgan. Walking Assist Device 14 yillik mehnat mevasi hisoblanadi. Yangi mahsulot odamsimon Asimo roboti loyihasi bilan, xususan, yurish mexanizlarini o‘rganish va uni takrorlashga urinishlar loyihalari bilan uzviy bog‘liq. Ko‘plab sonli sensorlar va kiritilgan kompyuterdan foydalanib, Walking Assist Device turli sharoitlarga, tekisliklar turlari va harakatlanish usullariga moslashib olishni biladi.

honda_26_06_2013_1

Ekzoskeletlarni takomillashtirish va inson faoliyatining turli sohalariga joriy etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi mashhur ishlab chiqaruvchilar soni ko‘pligini hisobga olib, shubhasiz yaqin kelajakda yangi yutuqlar haqida xabarlar paydo bo‘lishini kutish mumkin.

Manba: www.www.honda.com

Orphus system