Googledan servis yordamida ortiqcha vazn bilan kurashish

Google izlash natijalarida mahsulotlar kaloriyaliligi, ulardagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar miqdori haqidagi hamda boshqa qo‘shimcha axborotlarni berib, internet-foydalanuvchilarga ortiqcha vazn bilan kurashishda yordam bera oladi.

goog_26_06_2013_1

«Таоmlarni to‘g‘ri tanlash — bu ko‘p mehnat talab qiladigan va murakkab jarayon. Biz bu tanlovni oddiylashtira olamiz deb umid qilamiz», — deydilar Google xodimlari. Hozirgi kunda izlash amerika segmentida minglab iste’mol mahsulotlari, oddiy meva va sabzavotlardan tortib, to burrito kabi murakkab taomlar bo‘yicha ma’lumotlarni olish mumkin. «Bananda oqsillar qancha?», «Avokadoda kaloriyalar qancha?» — mana shunday savollarni izlash satriga kiritish va sichqonchaning tugmasini bosish yordamida aniq javob olish mumkin. Shu bilan birga, darhol boshqa mahsulotlar bo‘yicha ham batafsil axborotlar taqdim etiladi — banan bo‘lganda bu boshqa shirin mevalar bo‘ladi, agar foydalanuvchi sabzi haqida so‘ragan bo‘lsa, unda ildiz-mevalilar kaloriyaliligi bilan tanishishi mumkin bo‘ladi.

Yangi servis Knowledge Graph (ruscha versiyasi «Сeть знаний») semantik izlash vositasi bilan ishlashga asoslangan. U bevosita izlanuvchida izlash obyektlari va u bilan bog‘liq faktlar haqida axborotni olishga imkon beradi. Mana shu vosita yordamida Google faqat asosiy so‘zlarni tanib olmay, balki izlash so‘rovi mazmunini ham tushunadi va Google ma’lumotlar bazasida u haqida — mahsulotlar kaloriyaliligi va ozuqa moddalari, vitaminlar miqdori bo‘yicha axborotni izlaydi. Misol uchun, agar «qovoq uglevodlari» so‘rovnomasi jo‘natilsa, unda javobda faqat bevosita qovoqda, balki ushbu oilaning boshqa sabzavotlarida uglevodlar miqdorini topish mumkin bo‘ladi. Kinoga borishdan avval Googledan bir stakan pop-kornda qancha kaloriya mavjudligini so‘rash, qandolatchilik retseptini o‘rganganda va non daraxti mevasining qimmati haqida o‘ylab — undagi mavjud ozuqa moddalari bo‘yicha so‘rovni jo‘natish mumkin. Mevaning ekzotik nomini uchratganda, aytaylik, granadilleda shakar borligini so‘raging keladi va Google shu zahoti undagi faqat shakarning emas, balki vitaminlar va mikroelementlar miqdori bo‘yicha natijani beradi.

Yangi servis yordamida odamlarga o‘z vaznlarini kuzatish osonroq va yoqimliroq bo‘ladi, axir do‘konlar peshtaxtalarida yoki restoranlarda ko‘rish mumkin bo‘lgan ko‘plab mahsulotlar va taomlar bo‘yicha har doim batafsil ma’lumotlarni osongina olish mumkin. Kompaniyada mutaxassislar ushbu loyiha ustida juda ko‘p vaqt mehnat qilganliklarini va bu ish juda murakkab bo‘lganligini aytmoqdalar. Hozirgi kunda yangi funksiya faqat AQSH’da ishlamoqda, biroq yaqin vaqt ichida Google boshqa mamlakatlarni ham qamrab olish va servisga ko‘proq mahsulotlarni kiritishni va’da qilmoqda.

Manba: http://insidesearch.blogspot.co.uk

Orphus system