Goji Smart Lock – tashrif buyurganlarni video fotosuratga oladigan «aqlli» qulf

Goji kompaniyasi an’anaviydan keskin farq qiladigan yangi funksional — Smart Lock eshik qulfini ishlab chiqardi. Smart Lock — dastlabki elektron qulf bo‘lib, smartfonga nafaqat kimdir kelgani haqida xabar beradi, balki tashrif buyurganlarni video-fotosuratga oladi.

goji_26_06_2013

Kamerali qulf bir vaqtda fotosurat va videoga suratga oladi. Kimdir qulfga yaqinlashganda elektron pochtaga xabar yuborilishi ham mumkin. Qulf kalitsiz smartfon uchun ilova yordamida ochiladi.

goji_26_06_2013_1

Goji Smart Lock barcha faolliklar haqidagi ma’lumotlarni saqlab qoladi va ilova yordamida istalgan vaqtda loglardan foydalanish mumkin. Misol uchun, smartfonlari bo‘lmagan oila a’zolari uchun an’anaviy kalitlar ham mavjud. Kalit uy Wi-Fi-tarmog‘iga ulanadi. Qandaydir nosozliklar yuzaga kelganda kunu tun qo‘llab-quvvatlash uyga kirishga imkon beradi. Bundan tashqari, ma’lum vaqt davomida ishlaydigan bir martalik elektron kalitlarni ham yaratish mumkin.

Manba: www.gojiaccess.com

Orphus system