“Bilayn” va Uz24.uz “Chaqiruv!” tanlovining yakunlarini e‘lon qilishdi
26.06.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) va Uz24.uz axborot portali tahririyati “Chaqiruv!” tanlovining yakunlarini e‘lon qiladi.

beeline24_26_06_2013

Eslatamiz, 20 iyun kuni “Beeline Uzbekistan”ning “Facebook”dagi korporativ sahifasida boshlangan tanlovda “Bilayn”ning barcha abonentlari va sayt o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin edi. Buning uchun quyidagi savolning to‘g‘ri javobiga eng yaqin bo‘lgan variantni berish lozim edi: “O‘zbekiston — Qatar o‘yinidan so‘ng 18 iyun 19:00dan 19 iyun 19:00gacha 24 soat davomida “Bilayn” abonentlari nechta qo‘ng‘iroqni amalga oshirishdi?” Javob variantlari www.facebook.com/beeline.uz manzili bo‘ylab joylashgan postga sharx tarzida qabul qilingan edi.

“Tanlov sahifamizda ulkan shov-shuvga sabab bo‘ldi: bir hafta ichida biz deyarli 5 ming javob variantini qabul qildik, — deya voqeani sharxladi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati raxbari Oraz Abdurazakov. — Kecha Uz24.uz saytida navbatdagi TOP-10 reytingi chop etilganidan so‘ng, biz ilk mutlaqo to‘gri javob oldik. Shu tariqa, dastlabki “Chaqiruv!” yakunlandi, biroq biz hamkorlarimiz bilan bu tajribani rivojlantirish niyatidamiz”.

“Chaqiruv!” tanlovining g‘olibi sifatida 36 099 868 qo‘ngiroq varianti bilan Yuliya Razevich tan olindi. Unga Beeline G2100 telefoni va yoz ohirigacha mobil hisobni har hafta 10 000 so‘mga to‘ldirish imkoniyati taqdim etilmoqda.

Tafsilotlar www.uz24.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq