“Bilayn” Internetining tezkor tarmog‘i poytaxtda kengaymoqda
26.06.2013
Rukn: Internet.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MChJ va Buzton QK) soniyasiga 100 Mbitgacha tezlikda ulanishni ta’minlovchi optik-tolali Internet tarmog‘ining navbatdagi kengayishi haqida xabar beradi. Poytaxtimizdagi Mirobod va Mirzo-Ulug‘bek tumanlaridagi 7 uy aholisi uchun endi FTTB (Fiber To The Building — Optika uyga) texnologiyasi mavjud.
Mazkur voqeani sharxlar ekan, “Buzton” Bosh direktori Abay Kolanov shunday dedi: “Biz “Bilayn”ning sifatli xizmatlari ko‘proq sondagi foydalanuvchilarga yetib borishi uchun bor imkoniyatimizni ishga solyapmiz. Qulay tariflar, innovatsion yechimlar va maksimal tezliklar FTTB tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridir va biz bu ishni jadallashtirish niyatidamiz”.
Mirobod tumanida FTTB “Beeline” tarmog‘iga ulangan uylar:
• Afrosiyob ko‘chasi, №№ 6, 8A, 10/1, 12;
• Mirobod ko‘chasi, 1-uy.
Mirzo-Ulug‘bek tumanida FTTB “Beeline” tarmog‘iga ulangan uylar:
• X.Olimjon maydoni, №№ 10A, 13A
Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi