“Beeline Business” – “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” MAK uchun telekom-xizmatlarining yagona ta’minotchisi
26.06.2013
Rukn: Internet, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
“Beeline Business” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) soniyasiga 20 Mbit tezlikdagi Internet tarmog‘iga kengpolosali ulanish xizmatlari bilan ta’minlash bo‘yicha “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.
“Biz milliy aviakompaniya bilan hamrkorligimizdan faxrlanamiz, — deydi “Buzton” QK bosh direktori Abay Kolanov. — “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” “Beeline Business”ning nafaqat mobil aloqa, balki simli telefoniya va simli Internet segmentidagi asosiy mijozlaridan biri hisoblanadi. Aminmanki, hamkorlikni kengaytirish uchun bizda ulkan salohiyat mavjud, chunki ikkala kompaniyalarimiz juda jadal rivojlanmoqda”.
Eslatamiz, “Bilayn” O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha jabhalaridagi korxonalarga innovatsion xizmatlar va integrallashgan xizmatlarni ko‘rsatgan holda, korporativ segment uchun konvergent telekommunikatsiyalar xizmatlari bozorida yetakchilik qilmoqda.
Manba: kompaniya press-relizi