Asus Transformer Book Trio — noutbuk, planshet va ish joy SHK’ni birlashtirishga urinish

Asus kompaniyasi Computex 2013 ko‘rgazmasiga noutbuklarga aylantirilishi mumkin bo‘lgan planshetlar g‘oyasini yanada rivojlantirib hisoblashdek juda g‘aroyib ishlanmani olib keldi. Transformer Book Trio deb nom olgan qurilmada mana shu ikki mujassamlikka uchinchisi — ish joyi SHK qo‘shildi.

asus_26_06_2013

Asus Transformer Book Trio оldindan o‘rnatilgan Windows 8 va Android operatsion tizimlari bilan yetkazib beriladi. Birinchisi noutbuk va ish joyi SHK rejimlarida, ikkinchisi — planshet rejimida ishlash uchun mo‘ljallangan. Ikki OT’laridan foydalanilishiga qaramay, loyihachi ma’lumotlarni moslashtirishni va bir rejimdan ikkinchisiga o‘tishda tekis, ravon ishni davom ettirishni ta’minladi: misol uchun, noutbukda web-sahifani ochish va planshet rejimiga o‘tib, uni ko‘rishda davom etish mumkin.

asus_26_06_2013_1

Planshetli modul 11,6 duym kattalikdagi va 1920 x 1080 piksellar zichligiga ega ekran bilan ta’minlangan. Ekran turi — IPS. Planshetli modul konfiguratsiyasiga 2,0 GGts chastotada ishlovchi Intel Atom protsessori va 64 GB’gacha flesh-xotira kiradi. Mavjud ma’lumotlar bo‘yicha, avtonom rejimda ishlash vaqti 15 soatga yetadi. Transformer Book Trioni ish joyi SHK’ga aylantiruvchi va quvvat olish qurilmasi vazifasini bajaruvchi ulanish stansiyasi to‘rtinchi avlod Intel Core i7 protsessori asosida qurilgan. Uning konfiguratsiyasiga 750 Gb sig‘imli qattiq disk va klaviatura kiradi. Displey rolini o‘ynovchi planshetli modul o‘rniga unga tashqi monitorni ulash mumkin.

Manba: www.asus.com

Orphus system