Zo‘r-Zo‘r STAR so’vindori Shahlo Ahmedova bilan intervyu
25.06.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Shahlo Ahmedova — tanlovning maqsadga intiluvchan eng yosh ishtirokchisi. Kuchli vokal ko‘rsatkichlari, mehnatsevarligi va, albatta, “Beeline” abonentlarining qo‘llab-quvvatlashi tufayli Shahlo Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasida faxrli ikkinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

zor_25_06_2013_1

— Loyihadagi ishtirokim mening eng muvaffaqiyatli qadamim bo‘ldi, aniqrog‘i, o‘zimning artist sifatida shakllanishim yo‘lidagi oldinga qaratilgan kuchli bir harakat bo‘ldi. Qo‘shiq, musiqa – men ular uchun yaralganman! Kuy-qo‘shiq bilan yashayman. Albatta, o‘zimning ijodiy yo‘limni shu yo‘nalishda davom ettiraman.

Menga berilgan mukofot ajoyib yordamchimga aylanishi, shubhasiz. Endi o‘zimning uy uchun mo‘ljallangan ovoz yozish studiyam bor, o‘zimning mualliflik qo‘shiqlarim ustida ishlashni xohlayapman.

Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasida qatnashishning o‘zi – g‘alabani bildiradi! Men ikkinchi o‘rinni egalladim, bundan behad mamnunman, men uchun juda ko‘p odam ovoz beribdi. Loyihada ajoyib maktabni o‘tadim, qimmatli bilimlarga ega bo‘ldim, yangi do‘stlar orttirdim.

zor_25_06_2013_2

Tomoshabinlarning ovoz berish natijalari menga juda yoqdi! Ulug‘bek birinchi o‘rinni munosib egalladi. Agar hammani mukofotlash mumkin bo‘lganida, o‘zim ham xuddi shunday qilgan bo‘lardim. Har bir ishtrokchining o‘ziga xos qobiliyati, ijro uslubi bor va bu, shubhasiz, g‘alabali o‘rinlarga munosib.

Zo‘r-Zo‘r STAR meni ko‘p narsalarga o‘rgatdi. Biz bilan har kuni ishlagan barcha pedagoglarga rahmat deyman. Ularning sharofati bilan o‘zimni sahnada tutishni, tomoshabinlar oldida kuylashni va hissiyotlarimni nazorat qilishni o‘rgandim. Shuningdek, aynan milliy qo‘shiqlarni kuylashniyam o‘rgandim. Loyihadan oldin jaz va blyuzni yoqtirardim.

zor_25_06_2013_4

Hay’at a’zolari bildirgan barcha fikr-mulohazalarga qo‘shilaman. Bizni o‘z ishining ustalari baholab borishdi. Men har bir aytilgan gapga quloq soldim va xatolarimni tuzatishga harakat qildim. Ularning qimmatli maslahatlari tufayli sahna chiqishlarim har safar yaxshilanib bordi.

Men uchun eng qiyini sahnada o‘z his-tuyg‘ularimni nazorat qilish bo‘ldi. Har bir chiqish oldidan kuchli hayajon bosardi. Hay’at a’zolarining biri – Murod Rajabovning maslahati hamon esimda. U menga qarab turgan minglab ko‘zlardan mavhumlashishni yoki hayajonimni o‘z foydamga ishlatishimni tavsiya qilgandi.

zor_25_06_2013_5

Hozir, Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasi yakunlangan bir paytda, qarama-qarshi his-tuyg‘ularni his qilyapman: bir tomondan, loyiha yakunlanganidan afsuslansam, boshqa tomondan, uning natijalaridan xursandman. Keyingi rejalarim – bor kuchimni musiqiy ijodga yo‘naltirish. Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasida qatnashish va g‘alaba qozonish kabi omadli startdan keyin o‘zimning artist sifatidagi yo‘limni davom ettiraman va o‘zbek shou-biznesida o‘zimning munosib o‘rnimni topishga harakat qilaman.

Tafsilotlar www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq