“Bilayn” tеlеkom-vakansiyalar Yarmarkasida ishtirok etdi
25.06.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MChJ va Buzton QK) O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar Davlat qo‘mitasi tomonidan tashkillashtirilgan telekom-kompaniyalarning vakansiyalari yarmarkasida ishtirok etdi. Tadbir Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur voqeani sharxlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati raxbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “O‘tgan yili “SuperJob” xalqaro portali talqiniga ko‘ra, “Bilayn” “O‘zbekiston telekom sohasining eng yaxshi ish beruvchisi” sifatida tan olindi. Shubxasiz, bunda xodimlarni saralash jarayonidagi oshkoralikning o‘rni beqiyosdir: barcha vakansiyalar kompaniya saytida chop etiladi, bundan tashqari biz aksariyat HR-forumlarining faol ishtirokchisi hisoblanamiz. Bizning samarqandlik hamkasabalarimiz o‘nlab rezyume yig‘dilar, ayrim da’vogarlar ochiq ish o‘rinlari uchun tanlovdan o‘tmoqdalar”.
“Bilayn” stendida vakansiyalar Yarmarkasi qatnashchilari demo-xudud doirasida kompaniya xizmatlarining sifatini sinovdan o‘tkazishi mumkin bo‘ldi. Bundan tashqari xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlanish direktsiyasi mutaxassislari “Uchinchi avlod” amaliyot dasturining taqdimotini o‘tkazishdi.
Manba: kompaniya press-relizi