“Zo‘r-Zo‘r Star” tanlovi qatnashchilari “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” loyixa fotosessiyasida ishtirok etishdi
24.06.2013
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“Zo‘r-Zo‘r Star” yoshlar musiqiy televizion loyixasi qatnashchilari www.shov-shuv.uz ko‘ngilochar sayti va www.uzlife.uz axborot portali tomonidan tashkil etilgan “Men nechun sevaman O’zbekistonni” foto loyixasida ishtirok etishdi.

zor_24_06_2013

«Men nechun sevaman O‘zbekistonni» loyixasi o‘zbek zamini nimalarga boy ekanligi, qanday elatlar, kasblar va siymolar, iste’dodli insonlar va ularning eng yorqin hislatlariga boyligini namoyon etishga qaratilgan urinishdir. U O‘zbekiston san’ati va madaniyatining 30 nafar vakili ishtirokidagi 80 fotosuratni o‘z ichiga oladi va o‘zbek xalqining yorqinligi va hususiyatlari majmuini namoyon etishga undaydi. 18 kun ichida mualliflar mamlakatimizning taniqli arboblari ishtirokida o‘nlab sayyor fotosessiyalar uyushtirishdi.

“Zo‘r-Zo‘r Star” loyixasi g‘oliblari Ulug‘bek Xoliqov, Shaxlo Axmedova, Yana Baxtiyeva va ishtirokchi Madina Rashidova o‘zlarini ikkita timsolda sinab ko‘rishdi — yosh velosipedchi va quruvchi-loyixalovchi. Suratga olish ishlari Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi oldida o’tkazildi.

“Zo‘r-Zo‘r Star” qatnashchilarini noodatiy ampluada 27 iyun “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan “Grand Mir Hotel” mehmonxonasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmaning ochilish marosimida ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq