Ucell аloqa tayanch stansiyalari sonini ko‘paytirmoqda
24.06.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Таqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida, Ucell mobil operatori 2013-yilning boshidan shu kunga qadar O‘zbekiston bo‘ylab qo‘shimcha 150dan ortiq aloqa tayanch stansiyalarini o‘rnatdi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘rnatilgan aloqa tayanch stansiyalarining aksariyati 3G standartida ma’lumotlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Bu sifatli va hammabop mobil internetning rivojiga katta e’tibor berilayotganidan dalolat beradi. O‘zbekiston viloyatlarida ham taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati yaxshilanmoqda. 2013-yilning birinchi olti oyida yangi aloqa tayanch stansiyalarining soni 3.2 foizga oshdi. Abonentlarning mobil internetga ortib borayotgan ehtiyojini inobatga olgan holda, Respublikamiz viloyalarida 3G standartida ishlaydigan aloqa tayanch stansiyalarining soni 6.9 foizga oshdi.

“O‘zbekiston rivojlanib borayotgan ishlab chiqarish infrotuzilmalari va yuqori ko‘rsatkichli ishchanlik faoliyatiga ega davlat bo‘lib, uning mobil aloqa sifati ham shunga muvofiq yuqori darajada rivojlanib kelmoqda. Aloqa sifatini yaxshilash ishlari nafaqat Toshkent shahrida, balki Respublikamizning barcha viloyatlarida ham amalga oshirilmoqda. Yuqori sifatli aloqa deganda, birinchi martada qo‘ng‘iroq qilib tushish va uzilishsiz suhbatlashishni tushunamiz. Shu maqsadda abonenlarning qo‘ng‘iroqlarida necha marotaba uzilishlar bo‘lganligi haqida statistika hisobini olib bormoqdamiz.

Qo‘ng‘iroqlar sifatini nazorat qilish va abonentlarning Ucell Call Center (abonentlarni qo‘llab-quvvatlash markazi)ga qilingan qo‘ng‘iroqlari aniq raqamlar asosida aloqa sifatini yaxshilashga yordam bermoqda”, — deydi Ucell Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari departamenti Direktori janob Gurkan Arslan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq