E-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “AIMAG 2013” IV Osiyo O‘yinarida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga jo‘namoqda

ai_24_06_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MChJ va Buzton QK) yopiq inshootlardagi e-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining IV Osiyo O‘yinlari va Inchxonda (Koreya Respublikasi) “AIMAG 2013” shark yakkakurashlari O‘yinlarining bosh homiysi sifatida chiqdi. O‘yinlar 29 iyundan 6 iyulgacha Osiyo Olimpiya Qo‘mitasi ko‘magida o‘tkaziladi.

ai_24_06_2013_1

Mazkur vokeani sharxlar ekan, “Uzbekistan Cyber Games” Tashkiliy qo‘mitasi raxbari Aleksandr Suchkov shunday dedi: “Mamlakatimizda e-sport ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan barchaga, xususan, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi, “Kelajak ovozi” YoTM va “Bilayn”ga tashkiliy va homiylik ko‘magi uchun minnatdormiz. Milliy Olimpiya qo‘mitasiga terma jamoamizni Osiyo O‘yinlarida ishtirok etish uchun tayyorlashda bergan yordami uchun alohida minnatdorchiligimni bildirmoqchiman”.

ai_24_06_2013_2

E-sport Osiyo O‘yinlarida 6 o‘yin toifasida havola etiladi. Ulardan ikkitasida — “FIFA 2012” va “NFS: Unleashed” sport simulyatorlarida — medallar uchun quyidagi O‘zbekiston vakillari kuch sinashadi: Kirill To‘laganov (FIFA 2012 o‘yini bo‘yicha “UCG Beeline 2012” milliy birinchiligi g‘olibi, “World Cyber Games 2012” jahon Chempionati ishtirokchisi), Pavel Saprokin (“Zo’r-Zo’r UCG FIFA 2013” milliy birinchiligi g‘olibi) va Sardorbek Abdullayev (“NFS: Most Wanted” o‘yinlari bo‘yicha 2009 yilgi yopiq inshootlardagi III Osiyo O‘yinlarining bronza sovrindori).

ai_24_06_2013_3

““Bilayn”ning millionlab abonentlari nomidan biz terma jamoamizga Inchxonda muvaffaqiyat qozonishlarini tilaymiz, deydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati raxbari Oraz Abdurazakov. — Aminmanki, ularning namunasi nafaqat yaqin oradagi O‘zbekiston chempionatida, balki kelgusi turnirlarda ham mamlakatimiz geymerlarining yangi avlodi uchun yaxshi rag‘bat vazifasini o‘taydi”.

Tafsilotlar http://www.aimag2013.org/en/Sports/Esports saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system