“Bilayn” O‘zbekistonda e-sport ravnaqiga qo‘shgan hissasi uchun diplom oldi
24.06.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari, Mobil aloqa.
Muallif: .

beeline_24_06_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (MChJ Unitel va QK Buzton) kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatlari tashkilotchilari tomonidan e’tirof etildi. Kompaniya raxbariyatiga faxriy diplom “Uzbekistan Cyber Games” (UCG) tashkiliy qo‘mitasi nomidan e-sport ravnaqiga qo‘shgan hissasi uchun taqdim etildi.

beeline_24_06_2013_1

“Biz ko‘rsatilgan katta madad va O‘zbekistonda e-sport rivojiga ulkan hissa qo‘shayotgan ishonchli sheriklik uchun “Bilayn”dan minnatdormiz, — dedi “UCG” tashkiliy qo‘mitasi raxbari Aleksandr Suchkov. — Bunday hamkorlik sharofati bilan, biz har bir mintaqaga safar qilib, O‘zbekiston Chempionatlarini butun mamlakat miqyosida yana o‘tkazishimiz va terma jamoamizni xalqaro kiber-sahnada mamlakatimiz sharafini himoya qilishga yuborishimiz mumkin”.

Eslatamiz, O‘zbekistonda e-sport bo‘yicha musobaqalar 2003 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2004 yildan boshlab mamlakatimiz jahon Chempionatlarida, 2007 yildan esa O‘zbekiston Osiyo Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi ko‘magida Osiyo o‘yinlarida faol ishtirok etib kelmoqda. O‘zbekiston geymerlari Osiyo o‘yinlarining 2007 va 2009 yildagi sovrindorlariga aylanishgan. 2012 yili “Bilayn”ning homiylik ko‘magi bilan, bizning e-sportchilarimiz Xitoydagi “World Cyber Games-2012” jahon birinchiligida ishtirok etgan.

“Kompaniyamiz O‘zbekistonda sportning rivojini an’anaviy ravishda qo‘llab-quvvatlaydi, — deya qayd etdi “Unitel” MChJning bosh direktori Andrey Safronyuk. — An’anaviy sohalardan tashqari, biz e-sport singari innovatsion yo‘nalishni taraqqiy ettirishga o‘z hissamizni qo‘shish imkoniyatiga ega ekanligimizdan faxrlanamiz. Aminmanki, shu tariqa biz nafaqat yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishini oshiryapmiz, balki respublikaning kompyuterizatsiya va internetizatsiya jarayonlarini jadallashtiryapmiz”.

Hozirgi paytda “UCG” tashkiliy qo‘mitasi va “Bilayn” 2013 yilning avgust-sentabr oylarida o‘tkazish kuzda tutilgan e-sport bo‘yicha navbatdagi O‘zbekiston Chempionati bilan bog‘liq rejalarni muhokama etishmoqda.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq