“Quyoshli” oromgohida Zo‘r-Zo‘r Star sovrindorlari ishtirokida mini-konsert bo‘lib o‘tdi
21.06.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

2013 yil 21 iyun, Toshkent. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Quyoshli” yozgi bolalar oromgohida Zo‘r-Zo‘r Star yoshlar musiqiy televizion loyixasi sovrindorlarining eng jajji muhlislar bilan uchrashuvi bo‘lib otdi. Ma’naviy-soglomlashtirish oromgoxining iqtidorli bolalar uchun mo‘ljallangan sahnasida loyixa qatnashchilari o‘zining eng yaxshi qo‘shiq va ijrolari bilan chiqdilar.

beeline_21_06_2013

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi Vazirligi ko‘magida o‘tkazildi. Oromgohda butun mamlakatdan 7dan 14 yoshgacha bo‘lgan jami tahminan 500 nafar bola xordiq chiqarmoqda. Tanlov ishtirokchilarini juda iliq va ochiq chehra bilan kutib olishdi, har bir chiqishga esa gulduros qarsaklar chalindi.

Mini-konsertdan so‘ng o‘kazilgan uchrashuvga esdalik sifatida bolalar Zo‘r-Zo‘r Star qantashchilariga “Quyoshli” oromgohining rasmiy maykalarini hadya etishdi. Uchrashuv so‘nggida yosh san‘atkorlar barcha istaganlar bilan suratga tushishdi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq