“Bilayn” ISO 9001:2008 xalqaro talablariga muvofiqligini tasdiqladi
21.06.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (MChJ Unitel va QK Buzton) kompaniya faoliyatining ISO 9001:2008 xalqaro standarti talablariga mosligini bu gal ham tasdiqladi. Korxonaning resertifikatsion auditi 2013 yilning may oyida sertifikatsiya bo‘yicha DQS QUALITY SYSTEMS xalqaro organi tomonidan o‘tkazildi.

iso_21_06_2013

Mazkur voqeani sharxlar ekan, DQS QUALITY SYSTEMS bosh direktori Dmitriy Alaudinov shunday dedi: «“Bilayn” auditi kompaniya faoliyati, uning ichki jarayonlari va ish tartibi dunyoning yuksak talablariga mos kelishini tasdiqladi. Bizning tajribamiz shuni ko‘rsatadiki, bunday sertifikatlarni olish kompaniya nufuzini mustahkamlabgina qolmay, balki uning muvaffaqiyatli rivojlanishiga ko‘mak beradi. Ishonamanki, ISO 9001:2008 ga muvofiqlik “Bilayn” ga o‘zining an‘anaviy yuqori sifatli xizmati bilan O‘zbekiston bozorida yanada ajoyib natijalarga erishishiga imkon beradi».

iso_21_06_2013_1

Unitel MChJga sifat menejmenti standartlariga (SMS) muvofiqligini tasdiqlovchi uch sertifikat berildi: Xalqaro akkreditatsiyali sertifikat, mahalliy akkreditatsiyali sertifikat va IQNet yagona xalqaro namunadagi sertifikat. IQNet yagona xalqaro namunadagi sertifikat, zarurat bo‘lganida, qo‘shimcha tekshirishlarsiz Unitel MChJga IQNet sertifikatsiyasi bo‘yicha Xalqaro Organlar Assotsiatsiyasi a‘zolari bo‘lmish 50dan ortiq mamlakatlardan birining sertifikatini rasmiylashtirish imkonini beradi.

iso_21_06_2013_2

“SMS auditidan muvaffaqiyatli o‘tilgani — “Bilayn” menejment tizimining sifati yuqori ekanligidan dalolatdir, deya qayd etdi Unitel MChJ direktori Andrey Safronyuk. — Bu bizning abonentlarimiz uchun servisning dunyo darajasida ekanligi va hamkorlarning bizga ishonch bildirishlarining kafolatidir. Ishonamanki, kelajakda biz bu darajani ushlabgina qolmay, balki ishimizning sifati va samaradorligini yanada oshirish uchun harakat qilamiz”.

iso_21_06_2013_3

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq