“Yuksak orzudagi sotuvchi” — dilerlar malakasmni oshirish uchun mo‘ljallangan kompleks dasturi

O‘zbekistonning mobil aloqa tarixida birinchi marotaba Ucell dilerlar va MONO&ADV toifasidagi operatorlar uchun sotuv ishlari bo‘yicha xalqaro tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali xorijdan tashrif buyurgan ekspert ishtirokidagi keng ko‘lamdagi mahorat darslarini tashkillashtirmoqda.

Ushbu dastur doirasida ekspertimiz mobil aloqa xizmatlarini joriy etishda va dilerlik markazlarimizda mijozlar bilan samarali aloqa o‘rnatilishi borasida o‘zining shaxsiy boy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Dilerlarimiz yangi ma’lumotlar va sotuv ishlarida muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritish uchun kerakli mahoratlar haqida ko‘p bilimlar olishdi va bular hammasi mutlaqo bepul!

ucell_19_06_2013

Birinchi bosqichda mahorat darslari joriy yilning 17-iyun kunida boshlanib, 26-iyungacha Toshkent shahrida davom etadi. Keyinchalik ushbu tadbirimiz nafaqat poytaxtimizda, balki davlatimizning qolgan barcha viloyatlarida ham o‘tkazilishi mo‘ljallamoqda.

Bugungi kunda dilerlarimiz tizimida 2500 dan ortiq dilerlarimiz faoliyat yuritib, Ucell abonentlarini tarmog‘imizga ulab kelishmoqda. 2012-yil iyundan 2013-yil maygacha bo‘lib o‘tgan yangi bonuslar dasturi asosida 22.4 mlrd so‘m miqdorida dilerlarimizni mukofotlab keldik. Mukofot hajmi 2012-yil bilan qiyoslaganda 60 foizgacha ko‘tarildi.

Shuningdek, Kompaniyamizning 5 yilligini nishonlash kunlarida yangi dilerlik sotuv markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ochilish tantanali marosimida Ucell mobil operatori bosh direktori janob Osman Turan hamda Kcell (Qozog‘iston) Kompaniyasining Bosh Direktori Ali Agan ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Ucell xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga, yangi ish joylarini yaratishda, respublikamizning aholisini eng yuqori aloqa texnologiyalari bilan ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Ucell eng yuqori aloqa standartlarini, dilerlar va operatorlar malakasini oshirishni, muvaffaqiyatli sotuv faoliyatini yurg‘izishni va mijozlarimizga taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini ko‘tarishni maqsad qilib olgan va o‘z abonentlariga taklif etib kelmoqda,- deya ta’kidladi Ucell korporativ aloqalari bo‘yicha mutaxassis Umida Ziyamova.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system