Ulug‘bеk Xoliqov va uning g‘alaba sari eltuvchi yo‘li

Zo‘r-Zo‘r STAR musiqiy televizion loyixasining g‘olibi, u butun tanlov davomida o‘z foydasiga SMS-xabarlar va ovozlarning katta miqdorini yi‘ga oldi. Uning g‘alaba sari yo‘li qanday kechganligi va tanlovning eng e’tiborli jihatlari haqida uning o‘zi shaxsan o‘rtoqlashdi.

— Men uchun dastlabki saralash bosqichi unchalik qiyin bo‘lmadi, biroq uchinchi saralashdan so‘ng men raqiblarning jiddiy shiddatini seza boshladim. Uchinchi va to‘rtinchi saralash bosqichlarida eng kuchli ijrochilar qoldi, shuning uchun ushbu bosqichda ayniqsa qiyin bo‘ldi.

Kasting uchun men ko‘p turli qo‘shiqlarni tanladim. Birinchi bosqichda men Filipp Kirkorov repertuaridan “Qor” kompozitsiyasi va D. Omonullayevning “Sen ketarsan” taronasini tanladim. Ikkinchi bosqichda men “Historia deunamor” va “Vodiyimning olmasi” kompozitsiyalari bilan chiqdim. Uchinchi turda esa men “It Had Better Be Tonight” va “Sensiz” qo‘shiqlarini kuyladim. Bosqichma-bosqich repertuarni tanlashda men saralash komissiyasining maslahatlariga quloq tutdim.

zor_20_06_2013

Zo‘r-Zo‘r STAR musiqiy televizion loyixasiga tushib qolganimdan so‘ng, men uchun eng qiyini o‘z uslubimni, timsolimni topish bo‘ldi. Bu shunday keng miqyosli ilk tanlov bo‘lib, men dastavval undagi ishtirokim bilan hammaning yodida qolishni istardim. Va muallimlarim sharofati bilan men buning uddasidan chiqdim! Bizning ustozlarimiz va hay’at a‘zolari barcha qatnashchilarni, shu jumladan meni ham o‘qitib, salmoqli ishni amalga oshirishdi. Har birimizning musiqiy qobiliyatlarimizni rivojlantirish borasida barcha tavsiyalarning tutgan o‘rni beqiyosdir. Bergan qimmatli maslahatlari va mehnatlari uchun ularning barchasiga raxmat!

Har konsertga mening ota-onam, yaqin do‘stlarim va muhlislarim tashrif buyurishdi. Men ularga bunday madad uchun katta raxmat demoqchiman. Tanlovning barcha qatnashchilari uchun bu juda muhim va sezilarlidir. Mening barcha chiqishlarim yodimda qoldi, biroq, ehtimol, Botir Zokirov ijodiga bag‘ishlangan konsert men uchun eng osoni bo‘ldi. Uning qo‘shiqlarini men sevaman va yoshligimdan bilaman.

zor_20_06_2013_1

«Bolalar» guruhining qo‘shiqlarini biz ijro etgan xisobot konserti eng esda qolarlisi bo‘ldi. Bu musiqada men ulg‘aydim, ehtimol, aynan shuning uchun ham o‘shanda men o‘zimni butunlay 100% namoyon etib, SMS orqali ovoz berish natijalari bo‘yicha yetakchiga aylandim.

Va albatta, his-tuygular, drayv jihatidan eng ajoyibi Zo‘r-Zo‘r STAR gala-konserti bo‘ldi.Unda biz ko‘p ming kishilik omma oldida sahnaga chiqdik! Bu hayratga soladigan va ta’riflab bo‘lmaydigan hissiyotlar! Eng hayajonga soladigan payti — SMS orqali yig‘ilgan ovozlarning yakunlarini e’lon qilish bo‘ldi – o‘sha oqshom payti zalga yig‘ilganlarning barchasi bir zumga qotib kolishdi. Natijalarni e’lon qilishayotgan o‘sha uzoq daqiqalarda men his qilgan tuyg‘ularimni ta‘riflashga til ojiz… Mening ismimni birinchi o‘rinni egallagan g‘olib sifatida e’lon qilishganida esa men hatto o‘zimni bir oz yo‘qotib qo‘ydim.

Mazkur tanlovdagi ishtirokim va g‘alabam meni ko‘p narsaga o‘rgatdi va kelajak uchun katta turtki berdi. Meni qo‘llab-quvvatlagani uchun o‘z muhlislarim va menga ovoz berganlarning barchasiga raxmat demoqchiman. Ularning muhabbati, ishonchi uchun minnatdorchilik bildiraman, va ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman!

zor_20_06_2013_2

Endi Zo‘r-Zo‘r STAR loyixasi yakunlanganida, men birinchi navbatda qatnashchilarni, do‘stlarimni qumsayapman — bunday qisqa vaqt ichida biz oilaga aylandik. Biz bilan har kuni shug‘ullangan o‘qituvchi, muallimlarni qumsayapman. Loyixa devorlari ortidagi hayot butkul o‘zgacha, garchi barcha qatnashchilar bir-biri bilan aloqani uzmagan: biz ko‘rishyapmiz, suxbatlashyapmiz, hatto birga tushlik xam qilyapmiz.

Oldinda ulkan ijodiy yo‘l — yakkaxon albom yozish, klipni suratga olish ishlari kutmoqda, buning uchun, tug‘risini aytsam, men shodman! Men mualliflar bilan hamkorlik qilishni, shuningdek o‘zimni muallif va bastakor sifatida sinab ko‘rishni juda istayman. O‘ylaymanki, honanda o‘zi qushiqlarni yozganida, ularni ayniqsa qalbdan kuylaydi va omma ham buni xis etadi.

Tafsilotlar www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system