“Bilayn” va Uz24.uz “Chaqiruv!” tanlovini o‘tkazishmoqda

2013 yil 20 iyun, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (MChJ Unitel va QK Buzton) va Uz24.uz axborot portali tahririyati “Chaqiruv!” tanlovini e‘lon qiladi. Beeline Uzbekistanning Facebookdagi korporativ sahifasida o‘tkazilayotgan tanlovda “Bilayn”ning barcha abonentlari va sayt o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

beeline_20_06_2013

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi savolning to‘g‘ri javobiga eng yaqin bo‘lgan variantni berish lozim: “O‘zbekiston — Qatar o‘yinidan so‘ng 24 soat davomida (18 iyun 19:00dan 19 iyun 19:00gacha) “Bilayn” abonentlari nechta qo‘ng‘iroqni amalga oshirishdi?” Javob variantlari www.facebook.com/beeline.uz manzili bo‘ylab joylashgan postga sharx tarzida qabul qilinadi.

Har ish kunlari soat 11:00da www.uz24.uz saytida eng to‘g‘ri javobni yo‘llaganlarning ismi aks etgan top-reyting chop etiladi. Natijada to‘gri javobni eng aniq yo‘llagan ishtirokchi g‘olib sifatida tan olinadi. “Chaqiruv!” tanlovi g‘olibi Beeline G2100 telefonini qo‘lga kiritadi va yoz oxirigacha mobil hisobni har hafta 10 000 so‘mga to‘ldirish imkoniga ega bo‘ladi!

“Chaqiruv!” tanlovi 4 iyul soat 15:00gacha davom etadi, g‘olib ismi esa 5 iyul kuni e’lon qilinadi. Tanlov shartlari bilan www.uz24.uz saytida tanishish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system