Yana Baxtieva Zo‘r-Zo‘r STAR loyixasi haqida

Zo‘r-Zo‘r STAR musiqiy televizion loyixasining finaligacha yetib borgan va biron marotaba xam nominatsiyaga tushmagan yagona qatnashchisi sanaladi, so‘nggisini hisoblamaganda, chunki unga tushmaslik oldida hamma ojiz edi. Eng iste‘dodli, mehnatkash va maqsadga intiluvchan ishtirokchilardan biri, bo‘lib o‘tgan tanlov haqidagi o‘z fikr va xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Kasting haqida
Dastlabki tur men uchun oson kechdi, men undan tez o‘tdim, deyarli kutish va qiyinchiliklarsiz. Kastingning ikkinchi bosqichi umrbod yodimda qoladi! Men uziga xos siymoda – go‘zal, bo‘yangan, yaxshi kayfiyat bilan keldim. Barchamizga raqamli beydjlar berishdi. Menga 168-raqam tushdi, va men kastingdan o‘tayotganlarning eng so‘nggi o‘nligida bo‘lib qoldim. Juda uzoq kutishimga to‘g‘ri keldi. Menga ota-onam qo‘ngiroq qildi, kechroq ular meni olib ketgani kelishdi, chunki kechki mahal edi. Men o‘z qarorimda qat‘iy turib, ketish niyatidan yiroq edim, albatta saxnaga chiqishim shart ekanligiga hafsala qildim. O‘tmasam, o‘tmasman, biroq ketib qolganim va bunday imkoniyatni qo‘ldan boy berganim uchun afsuslanmayman. Mening chiqishimga gal kelganida, kechki payt edi, qo‘ng‘iroq sochlarim tushib, oyoqlarim poshnadan juda toliqqan edi, biroq men o‘zimni qo‘lga olib, hakamlar hay‘ati o‘tirgan xonaga kirdim va ivrit tilidagi qo‘shikni kuylab berdim. So‘ngra barchamiz uchinchi turga kim o‘tgani haqidagi javobni kutdik, va shu orada mening raqamimni e’lon qilishdi! Demak, men shuncha vaqt zoye o‘tirmabman, men o‘tishim kerakligini sezgan ekanman.

zor_19_06_2013_1

Loyixadagi qiyinchiliklar
Eng murakkabi, ta‘bir joiz bulsa, bizni tashqi dunyodan butunlay uzib qo‘yishgani bo‘ldi. Yaqinlarim, do‘stlarimning muhabbati va madadiga juda mushtoq bo‘ldim.

Afsuski, o‘zbek tilini bilmaganim sababli, milliy tildagi qo‘shiqlarni yodlash va ijro etishda juda qiynalar edim. Biroq men harakat qildim. Shunday paytlar ham bo‘lganki, o‘sha paytda men bilan birga istiqomat qilayotgan Madinani uyg‘otib yubormaslik uchun tunda hammomda qulflanib olib, so‘zlarni yodlab, aksent ustida ishlar edim.

zor_19_06_2013_2

Ishtirokchilarning ketishini xazm qilish qiyin edi. Birga o‘tkazilgan vaqt davomida, menga ruhan yaqin bo‘lgan insonlar bilan do‘stlashdim. Ayniqsa, Firuzaga menga ko‘rsatgan madadi va bergan dono maslaxatlari uchun minnatdorchiligimni bildirmoqchiman, u loyixa davomida men uchun katta opamdek bo‘lib qoldi. Shuningdek, Madinaga ham, nima yuz berishidan qat‘iy nazar, har narsaga doim ijobiy qaragani va tushungani uchun raxmat aytmoqchiman, va albatta men bilan ohirigacha birga bo‘lgan kenjatoyimiz Shaxloga xam tashakkur. Qolgan qatnashchilarga raxmat, aynan ular bilan bu yo‘lni bosib o‘tganimdan xursandman.

Konsertlar haqida
O‘tkazilgan konsertlarning har biri o‘ziga yarasha qiziqarli. Barchasiga men bir xil qunt bilan tayyorlandim. Va baribir, operalardan ariyalarni ijro etayotganimizda, men so‘zlar va ohangni yodlamasdim, chunki litseyda tahsil olgan kezlarimda, men uni bilardim va kuylardim. Men faqat ovozning yangrashi ustida ishlashim zarur edi, chunki estrada ashulachiligidan akademikka o‘tish qiyin. Bu esa — mutlaqo turli janr va ijro texnikasi.

zor_19_06_2013_3

Butun Zo‘r-Zo‘r STAR loyixasi davomidagi men uchun eng qiyin qo‘shiq Bir Qadam kompozitsiyasi bo‘ldi, bu qo‘shiqni O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Zulayho Boyxonova bilan duetda ijro etdim. Qo‘shiq milliy bo‘lib, unda tanlovgacha, afsuski, men ijro etmagan o‘zbek melizmatikasi mavjud edi.

Men Zulayho Boyxonovaga menga ajratgan vaqti va bergan ko‘magi uchun juda minnatdorman. Gohida u men bilan, muayyan samaraga erishish uchun, surunkasiga kun buyi tanafussiz mashq qilishga tayyordek tuyulardi.

zor_19_06_2013_5

G‘alaba haqida
Garchi men uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsam ham, mening g‘alabam siri mexnatkashligimda, istak va intilishimdadir. Bo‘shashtirish mumkin emasligini, qaysi pogonada ekanligingdan qat‘iy nazar, faqat doim olg‘a qadam tashlash kerakligini tushunib yetdim, axir barkamollikning chegarasi yuq.

zor_19_06_2013_4

Men o‘z minnatdorchiligimni, meni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga bildirmoqchiman, bu menga qanchalik muhim ekanligini siz hatto tasavvur ham qila olmaysiz. Men o‘z qo‘shiqlarim orqali o‘zimni to‘liq bag‘ishlay oladigan insonlar borligidan juda baxtiyorman. Aslida, qaysi o‘rinni egallashim menga muhim emas edi, eng asosiysi, xalq meni qanday qabul qilishi edi, axir men o‘zbek tilini umuman bilmayman va aksent bilan kuylayman. Shuning uchun butun Zo‘r-Zo‘r STAR loyixasi davomida menga ishqibozlik qilgan, ovoz bergan va har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan barchaga katta raxmat deyman.

Loyixadagi bo‘sh vaqt
Loyixada bo‘lgan paytimizda biz nafaqat mashq qilib, konsertlarga tayyoranar edik, balki xordiq ham olar edik. Barcha tadbirlar va “loyixa devorlari ortiga” safarlar ichidan menga Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan mehribonlik uyiga qilgan safarimiz ko‘proq yodda qoldi.

Biz ko‘plab ajoyib, qalbi pok va iste’dodli insonlar bilan tanishdik. Ayniqsa meni Damir va Igor‘ lol qoldirdi. Biz Firuza bilan ularga qoyil qoldik. Damir bizga raqs tushib berdi, Igor‘ esa o‘zbek tilida rep o‘qidi. Ularga boshlagan ishlarida muvaffaqiyat tilayman, toki ular doim oldinga intilib, erishilgan marrada to‘xtab qolishmasin.

Loyixadan so‘ng
Ayni paytda, Zo‘r-Zo‘r STAR musiqiy televizion loyixasi yakunlanganidan so‘ng, men hammani juda soginyapman. Bizda har kuni o‘tkazilgan mashg‘ulotlarni sog‘inyapman, axir ovozni doim tonusda ushlab turish kerak. Pedagoglarni juda qumsayapman: Rustam Hamroqulov — vokal bo‘yicha muallimni, El‘vira Mulyukova — xoreografiya bo‘yicha muallimni, Xasan va Xusan Solihovlar — aktyorlik mahorati bo‘yicha muallimlarni, Sabina Ablyaskina — sevimli psixologimizni, uning sharofati bilan men ko‘p narsalarni o‘rgandim, va ko‘pgina, ko‘pgina boshqalarni.

Men hatto loyixadan so‘ng ham qatnashchilar bilan muloqot qilib turganimdan xursandman, chunki bu vaqt ichida biz yaqin bo‘lib qoldik — doim ko‘rishib, qo‘ngiroqlashib, yozishib, taassurotlar bilan o‘rtoqlashib turamiz. Aminmanki, biz kelgusida ham bir-birimiz bilan aloqani uzmay, do‘st bo‘lib qolamiz.

Tafsilotlar www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system