«Bilayn» ofisida Zo‘r-Zo‘r STAR sovrindorlari taqdirlandi

«Bilayn» Markaziy ofisida Zo‘r-Zo‘r Star musiqiy televizion loyixasi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tantanali muhitda Shaxlo Axmedova va Yana Baxtieva ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun o’z sovrinlarini qabul qilib olishdi.

zor1_19_06_2013

Yig‘ilganlarning olqishlari ostida «Bilayn» Tijorat direktori Dmitriy Grigor‘yev Zo‘r-Zo‘r Star qatnashchilarini tanlovda ko‘rsatilgan yuqori natijalar bilan qutladi. Eslatamiz, yakuniy ovoz berish natijalariga ko‘ra, Shaxlo Axmedova «Bilayn»ning 48197, Yana Baxtieva esa 24649 abonentidan ovoz jamlashga muvaffaq bo‘ldi.

Shaxloga uy sharoiti uchun moslashgan zamonaviy ovoz yozish studiyasi taqdim etildi, Yana esa Logic Studio tizimi o‘rnatilgan Apple iMac kompyuterining sohibasiga aylandi. Tanlov ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, olingan apparatura ularga kelgusida sevimli mashg‘uloti bilan shug’ullanib, o‘zlari mualliflik ishlarini yaratishlariga imkon beradi.

zor1_19_06_2013_1

Ulug‘bek Xoliqov Zo‘r-Zo‘r Star loyixasi g‘olibi bo‘ldi. Yaqin orada u bosh mukofot sifatida prodyuserlik markazi bilan shartnoma imzolab, yakkaxon albom chiqarish va videoklip yozish xuquqiga ega bo‘ladi.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system