“Bilayn”: «Bayram!» butun yil mobaynida!
19.06.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (MChJ Unitel va QK Buzton) “Bayram!” aksiyasiga ulanish muddati uzayganligi haqida xabar beradi. Aksiya doirasida hisobni $1dan ortiqqa to’ldirgan abonent to’lov summasidan 10% bonusga ega bo’ladi.

beeline_19_06_2013

Mazkur voqeani sharxlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati raxbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Aksiyaning ulkan ommabopligini inobatga olib, biz bu gal ham ulanish muddatini uzaytirishga qaror qildik. Yuz minglab odam har oyda «Bilayn» abonentlariga aylanyapti, va biz istar edikki, ularning yorqin tarafdagi hayoti bayramdan boshlansin, demak «Bayram!» davom etmoqda”.

Eslatamiz, olingan bonuslarni tarmoq ichidagi daqiqalarga, SMS va internetga sarflash mumkin. Bonuslarning amal qilish muddati 3 kundan iborat. Bir necha bor hisob to‘ldirilganda bonuslar jamlanadi, bonuslarning amal qilish muddati ohirgi bonus olingan kundan o‘rnatiladi. «Bayram!» aksiyasiga ulanish uchun *110*2013# bepul kodini terish kifoya.

Endi «Bayram!» aksiyasiga 2013 yilning 1 sentabrigacha ulanish mumkin. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq