Yangi elektron interaktiv xizmat

Qabulga yozilish uchun fuqarolar Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb saytida http://soliq.uz/uz/feedback/reception/ manzili orqali «Elektron qabulxona» tizimiga kirib, fuqarolarni qabul qilish jadvalida keltirilgan qabuliga kirmoqchi bo‘lgan mansabdor shaxsni tanlash huquqiga ega bo‘ladi.

serv_17_06_2013

Mansabdor shaxs tanlangandan so‘ng, xizmatdan foydalanuvchi o‘ziga tegishli ma’lumotlarni, ya’ni telefon raqamini, elektron pochta manzilini, yashash manzilini, murojaatning qisqacha mazmuni yoki maqsadini qayd etishi lozim.

Davlat soliq xizmati organlarida fuqarolarni qabul qilish Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy saytida joylashtirilgan fuqarolarni qabul qilish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.

«Onlayn» rejimida qabulga yozilgan fuqarolar uchun maxsus «Fuqarolar murojaatlarini qayd etish kartochkasi» avtomatik tarzda shakllantiriladi. Qabulga «Onlayn» rejimida yozilgan fuqaro belgilangan muddatda qabulga kelib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatni va ushbu kartochkani taqdim etgan holda kartochkada belgilangan vaqtda navbatsiz qabulga kiritiladi.

Mazkur xizmat test rejimida Davlat soliq qo‘mitasida, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi va tuman Davlat soliq inspektsiyalarida ishga tushirildi. Qo‘shimcha taklif yoki savollaringiz bo‘lsa, email@soliq.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

Manba

Orphus system