“Uchinchi avlod-2013” dasturining ilk qatnashchilari “Bilayn”da amaliyot o‘tashga kirishdi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (MChJ Unitel va QK Buzton) “Uchinchi avlod-2013” dasturi qatnashchilarining amaliyoti boshlanganligi haqida e’lon qiladi. Dastlabki amaliyotchilarni moliya direktsiyasi (Toshkent, Unitel shtab-kvartirasi) va texnik direktsiya qabul qildi (Samarqand, Markaziy mintaqaviy filial).

Mazkur voqeani sharxlar ekan, Unitelning mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha direktori Abay Kolanov shunday dedi: ““Uchinchi avlod” dasturi nafaqat poytaxt, balki O‘zbekiston mintaqalarini ham qamrab olgani, butun mamlakat talabalari uchun teng imkoniyatlar yaratmoqda. Biz Samarqand Davlat universiteti va Toshkent moliya instituti bitiruvchilarini jamoamiz safida ko‘rishdan xursandmiz”.

Eslatamiz, 2013 yilning bahor oyida texnik, moliya, tijorat, yuridik, axborot texnologiyalari, xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo’yicha direksiyalarda amaliyot o‘tash uchun qabul boshlangandi.

“Barcha saralash bosqichlaridan o‘tgan ishtirokchilarning asosiy qismi iyul oyida amaliyotga kirishadi, — deydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati raxbari Oraz Abdurazakov. — Aminmanki, “Uchinchi avlod” ular uchun martabani oshirishda yaxshi poydevor vazifasini o‘taydi, va umid qilamanki, ularning ko’pchiligi “Bilayn”da faoliyatini davom ettiradi.

“Uchinchi avlod” dasturi “Bilayn”da ilk bor besh yil avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 sonli Qarori bilan tasdiqlangan, O‘rta muddatli istiqbolda axborot mahsulotlari va texnologiyalarini rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida ishga tushirilgan. Loyihaning maqsadi kompanida amaliyot o‘tash hamda keyinchalik ishga qabul qilish uchun eng yaxshi talabalarni saralash, shuningdek alohida murakkab bo‘sh ish o‘rinlari uchun kasbiy zaxirani shaklantirishdan iborat.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system