Zo‘r-Zo‘r STAR gala-konserti: tafsilotlar

Qish mavsumi oxirlarida o‘z faoliyatini boshlagan Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasi bir necha oy davomida millionlab teletomoshabinlarning diqqat e’tiborida bo‘ldi. Minglab iste’dodli yoshlar kastingga qarab intildi, uning yakunida esa g‘oliblik uchun eng iqtidorli va yorqin nomzodlar saralab olindi. Deyarli uch oy davomida ulkan auditoriya finalga tobora yaqinlashib borgan 10 nafar tanlov ishtirokchisining ijodiy kamolini kuzatdi.

beeline_17_06_2013_1

beeline_17_06_2013_2

7-iyun kuni “Istiqlol” saroyida Zo‘r-Zo‘r STAR gala-konserti o‘tkazildi, unda muxlislar ishtirokchilarning eng yaxshi sahna chiqishlarini tomosha qilish hamda tanlov o‘rinlari qanday taqsimlanganini bilib olish imkoniga ega bo‘lishdi.

beeline_17_06_2013_3

beeline_17_06_2013_4

Ko‘pchilik odamlar yakuniy gala-shouga tushishni istadi. Biroq konsertga chiptalar sotilmasdan, ijtimoiy tarmoqlar va radioda viktorinalar g‘oliblariga topshirilgani, hamda “Beeline” ofisida maxsus aktsiya doirasida almashtirilgani bois, muxlislar chiptalarning baxtli sohibiga aylanish uchun bor imkonlarini ishga solishlariga to‘g‘ri keldi.

Ularning barchasi bo‘lib o‘tgan Zo‘r-Zo‘r STAR hisobot konsertlarining yuqori saviyada tashkillashtirilganini bilgan holda, bo‘lg‘usi shoudan qandaydir bir g‘aroyib dasturni sabrsizlik bilan kutishdi. Sofitlar bilan yoritilgan sahna aql bovar qilmas xajmdagi ekranlar bilan bezatildi. Zaldagi tomoshabinlar ishtirokchilarni gulduros qarsaklar bilan iliq kutib olganidan xulosa qilish mumkinki, qatnashchilarning Istiqlol sahnasidagi fusunkor chiqishi ommada kuchli taassurot qoldirdi.

beeline_17_06_2013_5

beeline_17_06_2013_6

Barchaga yaxshi tanish va qadrdon bo‘lib qolishga ulgurgan 10 nafar ishtirokchi ijrosidagi dastlabki qo‘shiq konsertni ochib berib, butun kechaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Oldinda esa tomoshabinlarni 20 ta eng sara sahna chiqishlari kutardi.

Birinchi bo‘lib sahnaga Feruza Jumayeva “Sahro” guruhi hamrohligida chiqib, “Odinok” qo‘shig‘ini ijro etdi.

Akbar Tolipov “Nola” guruhining yakkaxoni Abdulla Shomag‘rupov bilan birgalikda “Parvona” qo‘shig‘ini katta mahorat bilan kuyladi. Eslatamiz, aynan mazkur chiqish hisobot konsertlardan birida hay’at a’zolarining qalbini shu darajada zabt etdiki, o‘shanda ishtirokchini loyihada qoldirib, qutqarish qarori ular tomonidan bir ovozdan qabul qilingan edi. Yorqin duetning bu galgi chiqishi ham tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Muxlislarning ko‘pchiligi o‘rnidan turib, raqsga tushishdi.

beeline_17_06_2013_7

beeline_17_06_2013_8

“Bir qadam” kompozitsiyasini ijro etgan Zulayho Boyxonova va Yana Baxtiyevaning chiqishini ham zaldagi muxlislar gulduros qarsaklar bilan kutib oldi. Aynan mazkur chiqishi bilan Yana bu gal ham o‘zining ijodiy salohiyatini namoyon eta oldi, chunki milliy qo‘shiqlarni ijro etish oson ish emas.

Vasilina Daniyarova opera ijrochisi Ramiz Usmonov bilan birgalikda “Turandot” operasidan «Nessun Dorma» nomli Kalaf ariyasini ajoyib tarzda ijro etishdi.

beeline_17_06_2013_9

beeline_17_06_2013_10

Roman Vetrov va xonanda Lola “Undan nimam kam?” qo‘shig‘ini ijro etib, zalni chin ma’noda zavq-shavqqa to‘ldirdi.

Rasul Tursunqulov uchun bastalangan “Aldama” kompozitsiyasi, uning xarizmasi va betakror g‘ayratiga oshifta muxlislari tomonidan quvonchli hayqiriq va qarsaklar bilan kutib olindi.

Konsert dasturini jo‘shqin raqslari va jozibali sahna chiqishlari bilan yodda qolgan Oskar Jalilov va xonanda Shahzodaning sho‘x dueti davom ettirdi.

beeline_17_06_2013_11

beeline_17_06_2013_12

Roman Vetrov uchun maxsus yozilgan “Bud’ so mnoy” kompozitsiyasi liriklik va so‘nmas orzu bilan yo‘g‘rilgandi.

Madina Rashidova honanda Ulug‘bek Rahmatullayev bilan duetda ijro etib, bu gal ham tajriba qilishdan qo‘rqmasligini namoyon etdi. “O‘qilmagan kitob” qo‘shig‘i va honandalarning yorqin timsollari ularning betakror energetikasini aks ettirardi.

beeline_17_06_2013_13

beeline_17_06_2013_14

Repertuari asosan lirik kompozitsiyalardan iborat Shahlo Ahmedova bu gal sho‘x uslubdagi “Yuragim beray” qo‘shig‘ini muvaffaqiyatli ijro etdi. O‘z vaqtida ushbu qo‘shiq unga loyiha tashkilotchilari tomonidan xafta yetakchisiga aylangani uchun rag‘bat sifatida taqdim etilgandi.

Oskar Jalilov, unga hos bo’lgan shijoat bilan, “dubstep” uslubida yozilgan “Kechir meni” qo‘shig‘ini ijro etdi.

Akbar Tolipovni hammaga tanitgan “Aisha” kompozitsiyasi uning o‘zi tomonidan jo‘shqinlik bilan ijro etilib, muxlislari uchun haqiqiy sovg’aga aylandi.

beeline_17_06_2013_15

beeline_17_06_2013_16

Undan keyin Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasining hisobot konsertlaridan birida yangragan “Yuragimdasan” qo‘shig‘ini Rasul Tursunqulov va xonanda Rayhon ijro etib berdi. Ushbu sahna chiqishi eng ko‘p ball olgan (150 ball!) ijro sifatida loyiha tarixida qoldi.

Konsert dasturini Ulug‘bek Holiqov davom ettirdi. Aytish joizki, u sahnaga ikki marta chiqdi – Nilufar Usmonova bilan “Qaray olasanmi?” kompozitsiyasini ijro etdi va konsert so‘nggiga yaqin o‘ziga hos jozibadorlik bilan “Baxtli bo‘l” mualliflik qo‘shig‘ini kuylab berdi va gulduros olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Yana Baxtiyeva ijrosidagi “Kajdiy den’” qo‘shig‘i tomoshabinlar qalbida ulkan ijobiy taassurotlar qoldirdi.

beeline_17_06_2013_17

beeline_17_06_2013_18

“Quyosh porlamoq uchun” kompozitsiyasini ko‘rkam ijro etgan Shahlo Ahmedova va Baxtiyor Rahmonov dueti esa konsertga yorqin yakun yasadi.

Oldinda bizni gala-konsertning eng muhim qismi – g‘oliblarning nomlarini e’lon qilish jarayoni kutib turardi. Ishtirokchilarni diplomlar bilan taqdirlash uchun sahnaga “Bojalar” guruhining yakkaxoni hamda hay’atning doimiy a’zosi Jahongir Poziljonov chiqdi.

Uchinchi o‘rinni egallagan ishtirokchini tabriklash uchun O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov sahnaga taklif etildi. Shunday qilib, uchinchi o‘rin 24 649 ta ovoz olgan Yana Baxtiyevaga nasib etdi. Tashkilotchilar unga “Logic Studio” dasturi o‘rnatilgan “iMac” qurilmasini sovg‘a qilishdi.

beeline_17_06_2013_19

beeline_17_06_2013_20

Ikkinchi o‘rinni “Beeline” abonentlarining 48 197 ta SMS-ovozini olgan Shahlo Ahmedova egalladi. Ishtirokchini taqdirlash uchun “Unitel” kompaniyasining bosh direktori Andrey Safronyuk taklif etildi. U Shahloga uyda qo‘llaniladigan ovoz yozish studiyasini sovg‘a qildi.

63 445 ta ovozni olishga muvaffaq bo‘lgan Ulug‘bek Holiqov Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasining g‘olibiga aylandi. Uni munosib birinchi o‘rin bilan tabriklash uchun sahnaga Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi hay’atining faxrli a’zosi, Fond Forum Vasiylik kengashining raisi Gulnora Karimova chiqdi. Endi aynan Ulug‘bek “PanTerra Studio” prodyuserlik markazi bilan besh yil unumli hamkorlik qiladi, videoklip va yakkahon albom yozadi.

beeline_17_06_2013_21

beeline_17_06_2013_22

Taqdirlash bu bilan tugagani yo‘q! Yana ikki nafar ishtirokchi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Loyihaning axborot hamkori bo‘lgan “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘ining tashkilotchilari ham o‘z sovg‘alarini ta’sis etishgan ekan. Xususan, “Vimpelcom” kompaniyasining MDH va Gruziya bo‘yicha jamoatchilik bilan aloqalar departamentining rahbari Artyom Minayev “Vibor Odnoklassnikov” mukofotini Oskar Jalilovga topshirdi. Bundan tashqari, uch nafar finalchiga mazkur ijtimoiy tarmoqda rasmiy sahifalar maqomi berildi.

Roman Vetrov Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri – “GITIS”da ta’lim olish uchun grant bilan mukofotlandi. Ta’lim granti Rossiyaning O‘zbekistondagi hamkorlik vakolatxonasi va “Fund Forum” tomonidan taqdim etildi.

beeline_17_06_2013_23

beeline_17_06_2013_24

Tantanali taqdirlash marosimi yakunlanganidan keyin sahnaga butun tanlov davomida ishtirokchilarning musiqa borasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam bergan loyiha pedagoglari hamda hay’at a’zolari taklif etildi. Tanlov ishtirokchilari, ular uchun qadrdon bo‘lib qolgan Zo‘r-Zo‘r STAR madhiyasini kuylashdi, butun zal esa ularga jo‘r bo‘ldi.

Gala-konsert yakunlandi, g‘oliblarning nomlari ma’lum, demak, Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyhasi o‘z yakuniga yetdi. Tanlov ishtirokchilarining barchasi mashxurlikka erishdi, ularning ovozlarini barcha taniydi! Biz esa ularning o‘zbek shou-biznesidagi rivojlanishi va ijodiy yo‘lini kuzatishda davom etamiz.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system