Yoshlar o‘rtasida dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi
13.06.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

best_13_06_2013

O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, “O‘zbektelekom” AK va “Samsung Elektroniks” kompaniyasi bilan birgalikda dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

best_13_06_2013_1

Dаsturiy ta’minot ishlab chiqish va joriy etish bozori, axborot texnologiyalari bozorining uzviy qismi sifatida, milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirish uchun salmoqli salohiyatga ega. Jahon tajribasida mamlakatlarning dasturiy ta’minot tarmog‘i hisobiga faol iqtisodiy rivojlanishga erishgani misoli ko‘p. Chunki keyingi yillarda softver sohasi milliy iqtisodiyotning yangi innovatsiyaviy bo‘g‘ini bo‘lmoqda.

Dasturiy ta’minot sanoati rivojlanishining muhim sharti sifatida, mamlakatda yetakchi ta’lim muassasalari bazasida dasturlash sohasida mutaxassislarni kompleks tayyorlash tashkil etilgan. Ushbu nuqtai nazardan, tanlovning maqsadlari yosh dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarni rag‘batlantirish, yuksak malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirishdan iborat.

Tanlov OTM talabalari, shuningdek, kollej va litseylar o‘quvchilari uchun o‘tkaziladi. Uning, ayniqsa, yoz mavsumi davrida o‘tkazilishidolzarbdir – o‘quvchilar o‘qishdan ozod etilgan, yetarlicha bo‘sh vaqtga ega bo‘lib, bu vaqtni foydali o‘tkazishlari mumkin. Bundan tashqari, tanlov g‘oliblarini salmoqli gonorar fondi kutmoqda, u «Obod turmush yili»da, ayniqsa, ahamiyatlidir.

Tanlov ham individual, ham guruhli ishtirokchilar (to‘rt nafardan oshmagan) uchun ochiqdir.
Individual va guruhli ishtirokchilar faqat bir nominatsiyada qatnashishlari mumkin (takroriy ishtirok etishning imkoni yo‘q).

Tanlov 2013-yil 13-iyundan 27-sentabrgacha, oltita bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – 13 iyundan boshlab – Ro‘yxatga olish;
2-bosqich – 31 avgustgacha – Dasturiy ta’minot ishlab chiqish;
3-bosqich –1 sentabrdan 10 sentabrgacha – Ishlanmalarni taqdim etish;
4-bosqich – 13 sentabrdan 15 sentabrgacha – Dastlabki saralash;
5-bosqich – 16 sentabr – Final saralash;
6-bosqich – 27 sentabr – Taqdirlash marosimi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi (OTM talabalari va kollej hamda litseylar o‘quvchilari uchun alohida):
«Kompyuter ilovalari bo‘yicha eng yaxshi ishlanma»;
«Smartfon va smart televizorlar uchun eng yaxshi ilova ishlanmasi»;
«Milliy kompyuter yoki mobil o‘yinlarning eng yaxshi ishlanmasi». Bu nominatsiyada «Eng yaxshi milliy kompyuter o‘yinlari stsenariysi va konsepsiyasi ishlanmasi» tub nominatsiyasi mavjud.

Dastlabki saralash orqali 100 nafar kishi tanlab olinadi. Final saralashga har bir nominatsiyadan 8 nafardan ishtirokchi chiqadi.

Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish va ishlanmalarni taqdim etish onlayn rejimida, www.software.uz saytida amalga oshiriladi.

Ishlanmalar bo‘yicha barcha mualliflik huquqlari ishlab chiquvchilarga tegishli. Dastlabki tanishuvdan tashqari, har qanday tijorat va boshqa foydalanish taqiqlanadi.

Baholash komissiyasi arizalarni quyidagi mezonlarga ko‘ra baholaydi:
Maksimal ball miqdori — 100.

Dastlabki saralash:
• Innovatsiyaviylik (20 ball) – Quyidagi xususiyatlarga ega ishlanmalarga afzallik beriladi: raqobatbardoshlik, innovatsiya sifati, bozorga moslashganlik, joriy etishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, jahondagi o‘xshashlariga nisbatan afzalliklari;
• O‘ziga xoslik (20 ball) — Quyidagi xususiyatlarga ega ishlanmalarga afzallik beriladi: g‘oyaning g‘ayrioddiyligi (g‘oyani umumqabul qilingan g‘oyalardan ajratib turuvchi omillar), moslashuvchanlik (boshqa ishlanmalar bilan birgalikda ishlay olish imkoniyati), yetarli ishlanganlik (g‘oyaning batafsil ifodalanishi);
• Talabgirlik (20 ball) — Quyidagi xususiyatlarga ega ishlanmalarga afzallik beriladi: talabgir loyiha (bozorda talab mavjud), keraklilik, ishlanmaga ehtiyojning mavjudligi;
• Ishlanmaning yozilganlik darajasi (10 ballov) – Quyidagi xususiyatlarga ega ishlanmalarga afzallik beriladi: lo‘ndalik, tushunarlilik va hammaboplik.

Final saralash:
Taqdimot (30 ball).
• Mаzmun sifati – mavzu ochib berilishining to‘liqligi, mavzuni taqdimotda ochish davomida ijodiy ishning taqsimlanishining maqsadga muvofiqligi, axborotning potensial iste’molchilar xususiyatlariga mos kelishi.
• Bezash sifati – dizayn yaxlitligi, tanlangan dizaynning asoslanganligi, grafika va multimediya effektlarining optimallashtirilishi.
• Qo‘shimcha mezonlar – savodli tayyorlash (matnda ham, chiqishda ham xatolarning mavjud emasligi).

Таnlov yakunlariga ko‘ra, har bir nominatsiya bo‘yicha 1-8- o‘rinlarni egallagan tanlov ishtirokchilari quyidagi miqdorlardagi pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi:

O‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilariga:
1 o‘rin — 5 mln. so‘m;
2 o‘rin — 3 mln. so‘m;
3 o‘rin — 1 mln. so‘m;
4-8 o‘rinlar – 300 ming so‘mdan;
Eng yaxshi milliy kompyuter o‘yinlari stsenariysi va kotseptsiyasi ishlanmasi nominatsiyasi g‘olibiga mukofot – shaxsiy kompyuter topshiriladi.

OTM talabalariga:
1 o‘rin — 10 mln. so‘m;
2 o‘rin — 5 mln. so‘m;
3 o‘rin — 3 mln. so‘m;
4-8 o‘rinlar – 300 ming so‘mdan.

Eng yaxshi milliy kompyuter o‘yinlari stsenariysi va kotseptsiyasi ishlanmasi nominatsiyasi g‘olibiga mukofot – shaxsiy kompyuter topshiriladi.

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq