Oskar Jalilov Zo‘r-Zo‘r Star loyixasi yakunlari bo‘yicha «Odnoklassniki tanlovi» g‘olibi bo‘ldi

Eng yirik aloqa operatori «Beeline» (MChJ Unitel va QK Buzton) Zo‘r-Zo‘r Star yoshlar musiqiy teleloyixasining yakunlarini chiqarmoqda. Mazkur loyixa 7 iyun kuni Istiqlol san’at Saroyidagi Gala-kontsert bilan yakunlandi. Uch nafar sovrindordan tashqari, loyixaning axborot hamkori sifatida chiqqan Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘i «Odnoklassniki tanlovi» qo‘shimcha nominatsiyasini ta’sis etdi.

zor_13_06_2013

Mazkur voqeani sharxlar ekan, Odnoklassniki.ru tarmog‘ining matbuot-kotibi Mariya Lapuk shunday dedi: «Biz O‘zbekistondagi bunday yirik loyixaning bir qismiga aylanganimizdan faxrlanamiz. Zo‘r-Zo‘r Star «Odnoklassniki»da hosil qilgan shov-shuv tanlovning yoshlar o‘rtasida ulkan shuxrat qozonganidan dalolat beradi. Aminmanki, eng yorqin ishtirokchilardan biri Oskar Jalilovga mukofot topshirib, biz munosib tanlovni amalga oshirdik».

10-11 iyun kunlari tanlovdagi to‘rt nafar eng yaxshi ishtirokchilarning www.odnoklassniki.ru saytidagi profillariga rasmiy sahifa mavqei berildi. Istiqlol Saroyi sahnasida ular «Odnoklassniki» yulduzlari bilan taqdirlandi, Oskar Jalilov esa Samsung GALAXY S4 smartfonining sohibiga aylandi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati raxbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: «Loyixani faol qo‘llab-quvvatlagani uchun «Odnoklassniki»ga raxmat: eng yirik ijtimoiy tarmoqdagi targ‘ibot sharofati bilan mamlakatimiz va uning tashqarisidagi millionlab odamlar Zo‘r-Zo‘r Star haqida bilib oldi. Umid qilamanki, yangi mavqe qatnashchilar uchun ularning kelgusi faoliyatida qo‘shimcha rag‘bat vazifasini o‘taydi».

Tafsilotlar www.zurzurstar.uz va www.odnoklassniki.ru saytlarida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system