“Buyuk Ipak yo‘li” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida

mark_12_06_2013

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi tomonidan 2013 yil 5 iyunda “Buyuk Ipak yo‘li” turkumi muomalaga chiqarildi.

Turkum 2 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida XI-XIX asrlarda Buyuk Ipak yo‘lidan o‘tgan shaharlarning memoriy yodgorliklari tasvirlangan. Pochta blokida Buyuk Ipak yo‘li xaritasi tasvirlanib, yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “Buyuk Ipak yo‘li” yozuvi joylashgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 42x30mm. Pochta blokining o‘lchami 90x70mm. Pochta blokidagi pochta markasining o‘lchami 42x30mm.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

mark_12_06_2013_1

1064. «Buxoro shahrining umumiy ko‘rinishi» (Buxoro) Nominali – 1400 so‘m
1065. «Qutlug‘murod Inoq madrasasi XIX asr» (Xiva) Nominali – 1500 so‘m

Pochta markalarning adadi 10 ming nusxadan.

mark_12_06_2013_2

№ 1066

1066. «Ota Darvoza XIX asr» (Xiva) Nominali – 3200 so‘m. Pochta blokining adadi 7 ming nusxa. Dizayner – Yusupaliyev U. Manba: www.pochta.uz

Orphus system