Beeline abonentlari Zo‘r-Zo‘r Star musiqiy teleloyixasining g‘olibini aniqladilar

Fond Forum va eng yirik aloqa operatori «Beeline» Zo‘r-Zo‘r Star ulkan yoshlar musiqiy tanlovining yakunlarini taqdim etishmoqda. 7 iyun kuni Istiqlol san’at saroyida teleloyixaning gala-kontserti bo‘lib o‘tdi. Unda SMS orqali ovoz berishning yakuniy natijalari e’lon qilindi.

beeline_11_06_2013

beeline_11_06_2013_1

Zo‘r-Zo‘r Star unvonining sohibi va g‘olibi sifatida 63445 ovoz to‘plashga muyassar bo‘lgan Ulug‘bek Xoliqov e’tirof etildi. Qoidalarga binoan, u yakkahon albomni yozish, klip suratga olish, shuningdek prodyuserlik markazi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

beeline_11_06_2013_2

G‘olibga mukofotni topshirish uchun hakamlar hay’atining faxriy a’zosi, Fond Forum Vasiylik kengashining raisi Gulnora Karimova sahnaga chiqdi: «Bu tanlov chindan ham bayramga aylanganidan juda xursandman. Afsuski, yulduzlarimiz kamdan-kam jonli ijro etishadi. Men bugun sahnada turgan bu yoshlarga aytmoqchimanki, ularning barchasi yulduzlardir. Va bugun ular tomonidan namoyon etilganlarning barchasi nafaqat professional hayotga sho‘ng‘ish uchun qo‘yilgan qadam, balki yetarli darajada xizmat ko‘rsatgan sahnada jonli kuylash uchun tashangan ilk qadamdir. Chunki bu boshqacha hissiyotlar, ko‘ngil ham tomoshabinlar, xam ijrochilar uchun o‘zgacha kuylaydi. Men barchaga mazkur ayyom uchun ulkan minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. O‘qituvchi va muallimlarga, barcha muhlislarga, barcha onalar va otalarga, Twitter, Instagram va «Odnoklassniki» tarmoqlarida ishtirok etgan barcha ishqibozlarga tashakkur. Loyixa qatnashchilariga katta raxmat! Bu yerda ular mustahkamlandi, oyoqqa turdi, o‘ziga ishonchi ortdi. Ularda hatto ko’zlar ifodasi o‘zgardi. Va albatta, bizning ulkan minnatdorchiligimiz Beeline kompaniyasiga, chunki Beeline bir qarashda katta bo‘lmagan, biroq o‘ta qiziqarli milliy loyixani tashkil etishdek bunday jasurona qadamga jur’at etgan birinchi kompaniyadir. Bu izdan boradiganlarning barchasiga tilagim — ularning soni ko‘payaversin, ular bu kabi loyixalardan qo‘rqishmasin. Zo‘r-Zo‘r Star brendga aylanib ulgurdi. Va bu juda yaxshi misol. Mazkur tadbir uchun ishqibozik qilgan barchaga ulkan tashakkur. Katta raxmat. Ular chinakamiga kuyingan. Faqat sizning sharofatingiz bilan bu tanlov uddalandii!»

beeline_11_06_2013_3

II-o‘rin uchun mukofotni 48197 ovoz bilan Shaxlo Axmedova Unitel bosh direktori Andrey Safronyukning qo‘lidan qabul qilib oldi. Unga uy tovush yozish studiyasi nasib etdi.

beeline_11_06_2013_4

«Bu — bahorning bosh musiqiy vokeasiga yasalgan munosib yakundir, — dedi Andrey Safronyuk. — Ehtimol, ko‘pchilik insonlar biz butun dunyo bo‘ylab ishlashimizdan xabardordir — bizning brend 18 mamlakatda faoliyat ko‘rsatadi, va men aytmoqchimanki, O‘zbekiston — eng yosh va jo‘shqin mamlakat: eng iste’dodli yoshlar mamlakati, va bu chindan ham kishini ruhlantiradi. Men Zo‘r-Zo‘r Star nafaqat O‘zbekistonda, balki uning ancha tashqarisida ham tanilishi uchun barcha say’-xarakatini ishga solgan Fond Forumdan minnatdorman. Forum TV kanali muhlislariga raxmat va Beeline abonentlariga tashakkur: siz o‘z tanlovingizni amalga oshirdingiz va bizga Zo‘r-Zo‘r yoshlar brendining yangi chehralarini hadya etdingiz!»

beeline_11_06_2013_5

Va nihoyat, uchinchi o‘rinni Yana Baxtieva egalladi. Unga SMS orqali 24649 ovoz yuborildi. Yana Logic Studio dasturi ilova qilingan iMacning sohibasiga aylandi.

beeline_11_06_2013_6

Loyixaning axborot hamkori — www.odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘i finalning barcha uch nafar qatnashchilari profiliga rasmiy sahifa mavqeini berdi. Bundan tashqari, Vimpelkomning MDHdagi jamoatchilik bilan aloqalar departamenti rahbari Artyom Minayev «Sinfdoshlar tanlovi» mukofotini Oskar Jalilovga taqdim etdi.

Rossiyaning yetakchi ijodiy oliy o‘quv yurtlaridan biri — GITISda ta’lim olish uchun qo‘shma grantni Fond Forum va Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasidan Roman Vetrov qabul qilib oldi. Gala-kontsertning televizion talqinini Forum TV kanali 14 iyun kuni namoyish etadi.

Batafsil ma’lumot zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system