Nilufar Sotiboldiyeva: «Yakuniy Zo‘r-Zo‘r STAR gala-konserti eng yengil, yoqimli va quvnoq tadbirlardan biri bo‘ldi»

Maftunkor va dilbar boshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi mobaynida tanlov ishtirokchilarining yaqin kishisiga aylanishga ulgurdi. Aynan u barcha hisobot konsertlari davomida tanlov ishtirokchilari bilan bir sahnada ishladi va ularning professional rivojini kuzatib bordi. Nilufar Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidan olgan taassurotlarini biz bilan bajonidil o‘rtoqlashishga rozi bo‘ldi.

zor_10_06_2013

Zo‘r-Zo‘r STAR tanlovining boshlovchisi bo‘lish juda qiziqarli bo‘ldi, chunki bunday loyiha bizda ilk bor o‘tkazilyapti, bundan oldin yaxshi, ammo qisqa muddatli loyihalarda ishlashimga to‘g‘ri kelgan. Bu safar esa uch oy davomida ishtirokchilar bilan birga deyarli yashashimga, ular kabi o‘ylashimga va fikrlashimga to‘g‘ri keldi. Albatta, qandaydir bir charchoq bor, ammo bu yaxshi ishdan keyingi yoqimli charchoq. Bunday loyihalar yanada ko‘payadi, deb o‘ylayman.

Boshlovchi betaraf bo‘lishi kerak, lekin, shunga qaramasdan, loyiha oxiriga kelib, o‘zim yoqtirgan ishtirokchilar, favoritlar paydo bo‘ldi. Men aynan ular g‘olib bo‘lishi uchun muxlislik qildim. Aytish kerakki, Zo‘r-Zo‘r STAR men uchun mutlaqo kutilmagan natija bilan yakunlandi. Mening prognozlarim o‘zini oqlamadi. Aslida yigit-qizlarning hammasi bilan ishlash yoqimli bo‘ldi, ularning har biri o‘ziga yarasha yaxshi inson, shu bois finalga o‘tmaganlarga achindim.

Senga juda ko‘p odam qarab turadigan konsertlarni olib borish osonroq. Agar tomoshabinlar bilan yaqindan va bevosita muloqot qilsang, ularning kayfiyati va yuz berayotgan voqealarga munosabatini ularning ko‘zidan ko‘rib turasan, keyin bu holat sengayam o‘tadi. Katta zalda juda ko‘p odam uchun ishlaganingda esa, nigohing odamlar orasidan o‘tib ketadi. Shu bois yakuniy gala-konsert eng yengil, yoqimli va quvnoq tadbirlardan biri bo‘ldi.

Zo‘r-Zo‘r STAR konsertining televizion talqini 14-iyun kuni Forum TV telekanalida va 15-iyun kuni NTT kanalida namoyish etiladi. Teletomoshabinlar e’tiboriga Zo‘r-Zo‘r STAR ishtirokchilari va estrada yulduzlari ishtirokidagi katta shou taqdim etiladi. Unda 100 foiz jonli ijro, jonli musiqa, jo‘qin qo‘shiqlardan bahramand bo‘lasiz. Tanlangan repertuardan boshlab sahnaning jihozlanishigacha – hammasi oliy darajada tashkil etilgan. Tomoshabinlar hukmiga yulduzlar bilan birgalikdagi eng qiziqarli sahna chiqishlari havola etiladi. Bu safar hech qanday baholar, izohlar bo‘lmaydi, faqat ishtirokchilarning aktyorlik mahorati, ajoyib vokali va iste’dodidan bahra olasiz.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system