Zo‘r-Zo‘r STAR gala-konsertini Forum TV va NTT kanallarida tomosha qiling
07.06.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Bugun “Istiqlol” saroyida Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasining katta gala-konserti o‘tkaziladi. Chiptalarning hammasi sanoqli kunlar ichida o‘z egalarini topdi, demak, tomoshabinlar zali ishtirokchilarning muxlislari bilan to‘ladi!
Agar siz chipta olishga ulgurmagan bo‘lsangiz yoki biror boshqa sababga ko‘ra gala-konsertga kelolmasangiz, xafa bo‘lmang. Sizda uni televizor orqali tomosha qilish imkoniyati bo‘ladi. 14-iyun kuni soat 20:00 da Forum TV kanalini yoqing va shou-dasturning rus tilidagi versiyasini tomosha qiling, 15-iyun kuni esa soat roppa-rosa 19:00 da NTT kanali orqali konsertning o‘zbek tilidagi talqini namoyish etiladi.
Eng yorqin va jo‘shqin Zo‘r-Zo‘r STAR gala-konsertining namoyishini o‘tkazib yubormang!
Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi