Ucell bollalarga quvonch baxsh etdi

Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Ucell mobil operatori shahar va viloyat mehribonlik uylarini ziyorat qilib, u yerdagi bolalarni tabrikladi. Masalan, Samarqand viloyati Ucell bo‘limi Samarqand shahrida joylashgan №9 mehribonlik uyini ziyorat qilib, bolajonlarga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatdilar.

ucell_7_06_2013

ucell_7_06_2013_1

Bunday savobli ishni Surxandaryo viloyati Ucell bo‘limi davom ettirdi. O‘zlarining urf odatlariga binoan termezliklar viloyat tuberkulyoz klinikasida davolanib kelayotgan har xil yoshdagi ellikka yaqin bolalar orasida xayr-saxovat tadbirini o‘tkazdilar. Bolajonlar har xil sovg‘a, shirinliklar hamda o‘quv qurollaridan juda xursand bo‘ldilar. Bollalrga tez sog‘ayib ketishlarini tilab Ucell jamoasi Navoi shahriga yo‘l oldi.

ucell_7_06_2013_2

ucell_7_06_2013_3

Navoi shahrida joylashgan №1 Mehribonlik uyi bolajonlari ham Ucell jamoasini xursandchilik bilan kutib oldilar. Ushbu bayram kuni bolajonlar uchun bayramona dasturxon bezatilib, ularga musiqali kungil ochar dastur uyushtirib berishdi. Shuningdek ushbu tadbir shahar ma’muriyatining e’tiboridan qolmadi, tadbirda Navoi shahri Hokimiyatining a’zolari ham ishtirok etdilar.

ucell_7_06_2013_4

ucell_7_06_2013_5

Buxoro viloyati Ucell bo‘limi ham viloyat Mehribonlik uyini ziyorat qildilar. Mevalar va oziq-ovqatlar bilan to‘kin-sochin dasturxon, shunigdek har xil oyinchoqlar va kerakli kiyim-kechaklar bolalajonlar bayramini yanada rang-barang qildi.

ucell_7_06_2013_6

ucell_7_06_2013_7

Namanganda Ucell jamoasi sog‘lomlashtirish mehribonlik uyining rivojlanishda psixofizik kasalikka chalingan ellikka yaqin bolajonlariga personal kompyuterlar, kiyim-kechaklar, shirinliklar va sovg‘alar taqdim etdi.

ucell_7_06_2013_8

ucell_7_06_2013_9

Bolajonlarga Bayram Qo‘qond shahrida ham bo‘lib o‘tdi. Qo‘qond shahri №17 Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ko‘plab sovg‘alar va yaxshi kayfiyat oldilar. Bolajonlar mehmonlarni o‘zlarining ajoyib chiqishlari bilan xursand qildilar.

ucell_7_06_2013_10

Andijon viloyati Ucell bo‘limi jamoasi Andijon viloyati sog‘liqni saqlash bo‘limiga qarashli 52 ta bolalar tarbiyalanayotgan Mehribonlik uyini ziyorat qildilar. Bilamizki, bolajonlarni shinam va yorug‘ xonalarda o‘sishlari va shug‘ullanishlari juda muhim hisoblanadi. Shu sababli Ucell jamoasi u yerni qayta ta’mirlash bo‘yicha qurilish brigadasini tashkillashtirdilar. Endi bolajonlar yangi, yorug‘ va shinam xonalarda o‘sib ulg‘ayadilar.

ucell_7_06_2013_11

Fargona shahri Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari “Farg‘ona” amfiteatrida o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokidagi juda ajoyib kontsertni tamosha qildilar. Shuningdek, u yerda Ucelldan ko‘plab sovg‘alar o‘ynaldi.

“Kompaniya respublikamizning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda. Xayr-saxovat kundalik hayotimizning bir bo‘lagidir. Biz bolalarimizga mehr ko‘rsatamiz, g‘amxo‘rlik qilamiz, chunki ular bizning kelajagimiz”, — deydi Ucellning Sotuvlar bo‘yicha Direktori, janob Elchin Jabarov.

Bolajonlarning chaqnab turgan ko‘zlari, quvonchga to‘lgan tabassumlari va ularning yuqori kayfiyati – bayramni muvaffaqiyatli o‘tganidan dalolat beradi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system