Zo‘r-Zo‘r STAR gala kontserti — yilning qaynoq premyerasi

7 iyun kuni, Istiqlol Saroyida 2013 yil bahorining eng mashxur loyixasi hisoblanmish Zo‘r-Zo‘r STAR katta gala-kontserti bo‘lib o‘tadi.

zor_6_06_2013

Shou-dastur qiziqarli va jo‘shqin bo‘lishi kutilmoqda, zerikishga aslo xojat bo‘lmaydi. Tadbirning eng avvalida Beeline abonentlari tomonidan o‘tgan xafta davomida to‘plangan SMS-ovozlarga binoan Zo‘r-Zo‘r STAR final ishtirokchilari egallagan o‘rinlar aniqlanadi. Bellashuvning ko’pgina qatnashchilari, ular uchun maxsus bastalangan mualliflik qo‘shiqlarini ijro etishadi va o‘zbek estradasining taniqli xonandalari bilan duetda kuylashadi.

Bosh mukofotlardan tashqari, Yana, Shaxlo va Ulugbekka Odnoklassniki.ru saytidagi profillari uchun ardoqli yulduzlar maxkamlanadi. Birinchi pog‘onani egallagan final ishtirokchisi, shuningdek, yulduz shaklidagi xaykalchani qo‘lga kiritadi.

Kontsert dasturini o‘tkazish doirasida finalgacha yetib bormagan, biroq tomoshabinlarning hammadan ko‘proq yodida qolgan va mazkur ijtimoiy tarmoqda ular tomonidan ko‘p bora muxokama etilgan, buning natijasida jamoatga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan ishtirokchilardan biri Odnoklassniki.rudan hush ko‘ruvchilar mukofotini qo’lga kiritadi.

Jonli ijro, sof vokal, yorqin timsollar, noodatiy chiqishlar, mukofotlar, sovg‘alar, bularning barchasini siz 7 iyun kuni soat 19:00da, Istiqlol Saroyida ko‘rishingiz mumkin. Tashrif buyuring, afsuslanmaysiz. 2013 yil boshining eng qaynok va yagona premyerasini o‘tkazib yubormang!

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system