uMail.uz — bepul elektron pochta xizmati

Joriy yilning 14-may kuni o‘z ishini boshlagan uMail.uz — elektron pochta xizmati dastlab rus tilida ochilgan edi. Bugundan boshlab uMail.uz pochtasining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi shakli ham ishga tushdi.

Ma’lumki, UZINFOCOM Kompyuter vа аxborot texnologiyalаrini rivojlаntirish hаmdа joriy etish Mаrkаzi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu pochta xizmati O‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari orasida ancha ommaboplikka erishdi.

mail_6_06_2013

Xo‘sh uMail.uz pochta xizmatining afzalliklari nimalardan iborat:
1. uMail.uz – bu bepul elektron pochta xizmati;
2. uMail.uz pochta xizmati TAS-IX zonasida ishlaydi;
3. uMail.uz pochtasi barcha xohlovchilar uchun qulay interfeysga ega bo‘lgan, viruslar va spamdan ishonchli himoyalangan;
4. Bitta xatning maksimal hajmi 10 Mb;
5. Pochta qutisining maksimal hajmi 200 Mb;
6. Pochta qutisidan bir yil davomida foydalanilmasa u o‘chirib tashlanadi.

uMail.uz da pochta ochishingiz uchun albatta ID.UZ yagona ro‘yxatdan o‘tish tizimidan ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Lekin ID.UZ tizimidan ro‘yxatdan o‘tish uchun foydalanuvchida elektron pochtasi bo‘lishi kerak…

mail_6_06_2013_1

uMail.uz elektron pochta xizmatining mehnatkash texnik xodimlari ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida ID.UZ tizimidan birinchi marta ro‘yxatdan o‘tayotgan foydalanuvchilar uchun bir urunishda ham tizimdan ro‘yxatdan o‘tish ham uMail.uz dan pochta ochish imkoniyatini yaratdi. Bu degani bir o‘q bilan ikki quyonni urishdir. uMail.uz bepul pochta xizmatidan foydalanishga shoshiling. Qo‘shimcha savollarga saytning “Ma’lumotlar” bo‘limidan to‘liq javob topishingiz mumkin.

Hurmatli foydalanuvchilar: saytdagi ayrim xatolar va vazifalar buyicha takliflaringiz bo‘lsa support@umail.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

Orphus system