Tanlov ishtirokchilarining Zo‘r – Zo‘r STAR loyihasi haqidagi fikrlari

Zo‘r–Zo‘r STAR loyihasining sovrinli o‘rinlari finalga chiqqan uchtalik orasida qanday taqsimlanishini tez orada bilib olamiz. Hozircha esa, tanlov ishtirokchilarining Zo‘r –Zo‘r STAR loyihasi ularga nimalar bergani haqidagi fikr-mulohazalarini bilishga qaror qildik!

Rasul
Ulkan loyiha, u shaxsan menga ko‘p narsani berdi. Men vokal, aktyorlik mahorati, ruhshunoslik bo‘yicha katta bilimga ega bo‘ldim. Musiqiy ma’lumoti bo‘lmagan kishi uchun bu juda qimmatli narsa.

Yana
Men bizni tayyorlayotgan va o‘z bilimlarini berayotgan pedagoglardan juda minnatdorman. O‘zbek estradasining taniqli artistlari bilan birga duetda kuylash imkonini taqdim etgani uchun tashkilotchilarga alohida tashakkur bildirmoqchiman. Ularning har biri bizga bebaho saboqni berdi.

Akbar
Loyiha menga yangi tanishuvlarni, yangi do‘stlarni in’om etdi. Men ko‘plab noyob imkoniyatlarga ega bo‘ldim. Ulardan biri, hozir biz Jahongir Poziljonov bilan duetda ijro etishimiz kerak bo‘lgan qo‘shiq ustida faol ishlayotganimizdir.

Feruza
Zo‘r – Zo‘r STAR — mahorat va professionalizmni oshiradigan juda yaxshi maktab bo‘ldi. Loyiha pedagoglari meni ijro etayotgan qo‘shiqni his qilishga va emotsiyalarni to‘g‘ri berishga o‘rgatishganini, hammasidan ko‘ra ko‘proq qadrlayman.

Ulug‘bek
Yaxshi do‘stlar orttirdim, hamfikrlarga ega bo‘ldim, men uchun ular bilan birga kechirgan damlarim qadrli…Yana bizni taniydigan bo‘lishdi, tez-tez dasthatlarimizni olishyapti, birga suratga tushishni so‘rashyapti. Bu men uchun noodatiy hol, ammo juda yoqimli!

Shahlo
Tajriba. Ishdan rohatlanish. Professional o‘sish imkoniyati. Loyihadan oldin mutlaqo boshqa repertuarni kuylardim, ko‘proq jazga qiziqardim. Bu yerda esa meni milliy qo‘shiqlarni ijro etishga o‘rgatishdi, bu men uchun mutlaqo yangi tajriba.

Roman
Zo‘r – Zo‘r STAR loyihasidagi ishtirokim davrida o‘zimning vokal ko‘rsatkichlarimni yaxshiladim, xoreografiya darslari tufayli harakatlanishni o‘rgandim, umuman, yaxshi tomonga o‘zgardim! Yaqinda meni Buxoroda bo‘lib o‘tadigan Universiadada chiqish uchun taklif qilishgani yoqimli tarzda hayron qoldirdi.

Madina
Loyiha tufayli o‘z orzuimni amalga oshirdim! Doim chiroyli sahnada tomoshabinlar oldida yakka o‘zim kuylashni istardim. Zo‘r – Zo‘r STAR loyihasi menga yordam berdi. Ishonavering, bu unutilmas tuyg‘u!

Oskar
Men nafaqat qimmatli tajribaga, balki ko‘plab yoqimli lahzalarga ham ega bo‘ldim. O‘zimni sahnada ishonchliroq va erkinroq his qilishni o‘rgandim, umuman yuz berayotgan voqealardan juda huzurlanyapman.

Vasilina
Yangi do‘stlar va qimmatli tajribadan tashqari, mashhurlikning ajoyib bir “bo‘lagi”ga ega bo‘ldim. Loyihani tark etganimdan so‘ng, butun dunyo bo‘ylab yashovchi turli odamlardan o‘zim haqimda ko‘plab ijobiy fikrlarni ola boshladim. Hisobot konsertlarini O‘zbekistondan tashqarida ham millionlab tomoshabinlar ko‘rayotganidan hayratda qoldim!

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system