Beelinedan maslaxatlar: Kontaktlarni ko‘chirib o‘tkazish
06.06.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

— Men Android operatsion tizimi (OT)dagi yangi smartfonni xarid kildim (Samsung, HTC, LG, Sony Ericsson, Sony, Huawei, ZTE va hokazo). Eski telefonimdagi kontaktlarni qanday ko‘chirib o‘tkazsam bo‘ladi?

1. Kontaktlarni Nokiadan ko‘chirib o‘tkazish:
• Kontaktlarni ko‘chirib o’tkazish qulay bo‘lishi uchun, Siz PC Suite dasturini shaxsiy kompyuter (ShK)da ishga tushirishingiz va unga o‘z telefoningizni ulashingiz kerak.
• ShKdagi dasturda «Kontakti» («Aloqalar») bo‘limini ochib, barcha fayllarni ajrating (CTRL+A) va «Fayl» — «Eskport» bosing.
• Kontaktlarni CSV formatida eksport qiling va faylni ShKga saqlang.
• Sizning ShKdagi brauzer orqali Google pochtasiga o‘z akkauntingiz ostida kiring (mail.google.com). Agar Googleda qayd yozuvi (akkaunt)ingiz bo‘lmasa, uni yarating.
• «Kontakti» («Aloqalar») bo‘limiga o‘tib, «Importirovat’ kontakti» («Aloqalarni import qilish») ilovasiga bosing va tortib olingan faylni yuklab oling.
• Android-smartfonda «Data synchronization» optsiyasini tanlang. Kontaktlar manzil kitobiga import qilinadi.

2. Android telefondan kontaktlarni utkazish:
• Smartfonning Google akkaunti bilan sinxronlashuvi uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Nastroyki» («Sozlamalar») menyusida — «Akkaunti» («Qayd yozuvi») bo‘limi — Google bandi — «Menyu» tugmasini bosib — «Sinxronizirovat’» («Sinxronlamoq») bandini tanlash kerak.
• SIM-kartadan ko‘chirib o‘tkazish uchun Smartfonda «Kontakti» («Aloqalar»)ni oching. «Menyu» tugmasini bosing — «Import\Eksport» bandini tanlang, SIM-kartadagi kontaktlar ro‘yxati
ochiladi.
• Yana «Menyu» — «Importirovat’ vsyo» («Barchasini import qilish»)ni bosing (agar barcha kontaktlarni ko‘chirib o‘tkazishga zarurat bo‘lmasa, siz o‘tkazish uchun muayyan yozuvlarni tanlashingiz mumkin).

3. Kontaktlarni iPhonedan ko‘chirib o‘tkazish:
• iTunesni ishga tushiring, ma’lumotlarni o‘tkazish lozim bo‘lgan qurilmani tanlang.
• «Informatsiya» («Ma’lumot») ilovasiga o’ting.
• «Sinxronizirovat’ kontakti s Google Contacts» («Google Contacts bilan aloqalarni sinxronlash») ilovasiga o‘ting.
• «Nastroyki» («Sozlamalar») tugmasini bosib, o‘zingizning Google akkauntingiz ma’lumotlarini kiriting.
• Sozlamalarni saqlab, «Primenit’» («Qo‘llash») tugmasini bosing.
• Android-qurilmani Google akkaunti bilan sinxronlashtiring.

4. Windows Mobiledan kontaktlarni ko‘chirib o‘tkazish:
• Eski qurilmada «ActiveSync» ilovasini ishga tushiring.
• Menyuda «Exchange Server» sozlamasini tanlang.
• Server manzili sifatida m.google.comni ko’rsatish kerak, SSL yoqilgan bo‘lishi lozim.
• Login va parol’ — Google akkauntidan rekvizitlar
• So‘nggi bosqichda sinxronizatsiya uchun ma’lumotni tanlasa bo‘ladi (Kontakti (Aloqalar), Kalendar’ (Yilnoma), E-mail va Zadachi (Vazifalar)) va sozlama yakunida «Sinxronizirovat’» («Sinxronlash») tugmasini bosish kerak.
• Android-qurilmani Google akkaunti bilan sinxronlashtiring.

5. Windows Phonedan kontaktlarni ko‘chirib o‘tkazish:
• mail.live.com saytiga Microsoft akkauntingiz ostida kiring. Agar Sizda Microsoft LIVE qayd yozuvi bo’lmasa — uni yarating.
• «Kontakti» («Aloqalar») bo‘limida «Upravlenie»(«Boshqaruv») (Manage) — «Eksportirovat’» («Eksport qilish») (Export) tugmasini bosing.
• Microsoft akkauntining barcha kontaktlari solinmaning ichiga yuklanadi.
• Google pochtasiga o‘z akkauntingiz ostida mail.google.com. manzili orqali kiring.
• «Kontakti» («Aloqalar») bo‘limiga kirib, «Importirovat’ kontakti» («Aloqalarni import qilish») ilovasiga bosing va tortib olingan faylni yuklab oling.
• Android-smartfonda «Menyu» — «Nastroyki» («Sozlamalar») (Settings) — «Sinxronizatsiya dannix» («Ma’lumotlarning sinxronlashuvi») (Data synchronization) optsiyasini tanlang
• Kontaktlar Googledan manzil kitobiga import qilinadi.

Foydalanish yoqimli bo’lsin!

beeline_6_06_2013

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq