Zo‘r-Zo‘r STAR: o‘tgan haftaning eng qiziqarli voqealari
05.06.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Zo‘r-Zo‘r STAR musiqiy televizion loyihasi ishtirokchilarining so‘nggi ijodiy haftasi qishda boshlangan loyihaning o‘zi kabi ko‘z ochib-yumguncha o‘tib ketdi. Tez orada uning yakunlari qanday bo‘lishini bilib olamiz. 7-iyun kuni “Istiqlol” saroyida loyiha qatnashchilari hamda o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida katta gala-konsert o‘tkaziladi.
Poyoniga yetgan hafta birdaniga ikkita ishtirokchi uchun Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidagi oxirgi haftaga aylandi. Esingizda bo‘lsa, SMS-ovoz berish jarayoni yakunlari bo‘yicha eng kam ball olgan ishtirokchi ma’lum bo‘lgandi. Bu – Oskar Jalilov. Shuningdek, biz Rasul Tursunqulov bilan ham xayrlashdik, chunki u hay’at a’zolarining eng past balliga sazovor bo‘ldi.
Yetti kun davomida Zo‘r-Zo‘r STAR-studiyaga kundalik repetitsiyalar uchun ishtirokchilarning hammasi kelib turdi. Ular o‘zbek estradasi yulduzlari bilan bo‘lg‘usi gala-konsertga jadal tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
1-iyun – Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tanlov ishtirokchilari va tashkilotchilari poytaxtdagi bolalar uylaridan biriga tashrif buyurishdi va u yerda kichkina bayram konsertini tashkil etishdi. Sahna chiqishlaridan tashqari, ishtirokchilar bolalar uyining deyarli barcha tarbiyalanuvchilari bilan birga esdalik uchun fotosuratga ham tushdi. Tez orada ular qog‘ozga chiqarilib, bolalarga beriladi. Bundan tashqari, tarbiyalanuvchilarning hammasi bo‘lg‘usi gala-konsertga taklif etildi.
Yakshanba kuni “O‘zbegim Taronasi” radiosida Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasining finalgacha yetib borgan uch nafar ishtirokchisi bilan suhbat uyushtirildi. Ular bir soat davomida efir orqali tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda 2013-yilning qaynoq xitiga aylangan Zo‘r-Zo‘r STAR madhiyasini ijro etishdi.
Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi