Madina Rashidova Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi haqida

Madina Rashidova – Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasining eng yorqin ishtirokchilaridan biri, aynan u o‘zining sahna chiqishlarida yaxshi vokal va xoreografiyani uyg‘un tarzda birlashtira oldi. Buni muayyan tayyorgarlik va tajribasiz bajarish esa ancha qiyin ish. Madina bizga o‘zining Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidagi ishtiroki haqida batafsil gapirib berdi.

zor1_5_06_2013

zor1_5_06_2013_1

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasining kastingi haqida
Kasting haqida va, umuman, loyiha haqida juda ko‘p gap-so‘z bo‘ldi, shuning uchun men oxirgi kuni hujjatlarimni topshirishga ulgurdim. Meni kastingning 1-turiga taklif qilishdi, undan va boshqalaridan muvaffaqiyatli o‘ta oldim. Esimda, juda hayajonda edim, atrofimni iste’dodli yigit-qizlar o‘rab turardi, ularning hammasi yaxshi kuylardi va raqsga tushardi, ularda sog‘lom raqobatni ko‘rdim, bu esa miyamga natijalarim ijobiy bo‘lishi borasidagi shubhalarni olib kirardi.

Zo‘r-Zo‘r STAR hisobot konsertlari haqida
To‘g‘risini aytsam, mening barcha chiqishlarim o‘zimga yoqdi, ammo hammasidan ham Uitni Xyustonning “I will always love you” qo‘shig‘ini ijro etganim esimda qoldi.

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidagi nominatsiya haqida
Birinchi nominatsiya hamma uchun og‘riqli kechadi, bu xuddi oxiri zamonday, qandaydir bir anglashilmovchilikday tuyuladi, lekin aslida birinchi nominatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng, albatta ikkinchisi paydo bo‘ladi, mening holatimda esa – oxirgisi. Ikkinchi marta men hafta davomida hech qanday nominatsiya yo‘qday yurdim, unga mutlaqo normal munosabatda bo‘ldim. Birinchi nominatsiya paytida esa o‘zimni nazardan qolgan odamday his qilgandim, xuddi hech kim men bilan gaplashmaydiganday yoki hamma menga achinib qarayotganday… Loyihani tark etgan kunim, xafa yurdim. Shunchaki, atrofdagilar men ularga yetishmasligim haqida gapira boshlaganida yig‘lavordim, his-tuyg‘ularimni ushlab turolmadim va yig‘lay boshladim. Keyin tinchlandim, tez orada yaqinlarim va qarindoshlarimni ko‘rishim mumkinligidan hatto quvondim ham.

zor1_5_06_2013_2

zor1_5_06_2013_3

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasida tashqi olam bilan aloqani uzib qo‘yishgani haqida
Men bu to‘g‘ri qaror, deb hisoblayman. Internet real hayotga xalaqit beradi. Bunga o‘zim allaqachon ishonch hosil qilganman, shu bois asta-sekin ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlasha boshladim, chunki virtual hayot ko‘p vaqtni oladi va ishdan chalg‘itadi.

zor1_5_06_2013_4

zor1_5_06_2013_5

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidagi mashg‘ulotlar haqida
Vokal bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar har bir xonanda uchun zarur. Bu ularning kasb mahoratini oshiradi. U yoki bu qo‘shiq oldingiga qaraganda qanchalik yengil o‘zlashtirilishini darrov his qila boshlaysan. Rustam Hamroqulov juda xushchaqchaq odam, u bizga doim yaxshi kayfiyat bag‘ishlardi, u bilan ishlash quvonchli va yoqimli edi, u har birimizga individual yondashuvni topa oldi.
Raqslar haqida shuni aytishim mumkinki, u vokal kabi juda zarur. Yaxshi xoreografiyani professional ijro bilan birga olib borish – bu juda og‘ir mehnat, buning uchun ko‘nikmalar, katta tajriba va butun hayot davomida bitmas-tuganmas amaliyot kerak. To‘g‘risini aytganda, loyihadan oldin menga sahnada jonli ishlash, xususan, men raqsga tushadigan sahna chiqishlari bo‘yicha amaliyot yetishmasdi. Bu mening kamchiligim, chunki nafas olishim buzilib ketardi. Elvira biz bilan qattiq ishladi, men hatto oldin yo‘q bo‘lgan mushaklarim rivojlanayotganini ham his qildim. Iroda esa menga milliy raqslarni o‘rgatdi, oldin hech qachon uni o‘rganishga urinib ko‘rmagan ekanman. Men kelajakda ham raqsning shu turi bilan shug‘ullanishni va o‘zimni milliy qo‘shiqlarni kuylash borasida sinab ko‘rashni istab qoldim. Bu ishga butun hayotimni bag‘ishlayman, deb ayta olmayman, ammo hozir ko‘nikmalarimni kengaytirish uchun uni o‘rganishni xohlardim.

zor1_5_06_2013_6

zor1_5_06_2013_7

Sabina yaxshi pedagog, u o‘z ishiga juda to‘g‘ri yondashdi, u bizga qanday qilib mashhur bo‘lish, sahnada o‘zimizni erkin va tabiiy tutish, kim bilan qanday muloqot qilish borasida ko‘plab maslahatlarni berdi. Ruhshunosning xonasida ijobiy muhit hukmron edi, u yerda o‘zingni tabiiy tutishing mumkin. Menga hammasidan ham chigallarni yozish darsi yoqdi.

Xusan Solihov – shunday insonki, u hatto senga hech qachon yoqmagan har qanday qo‘shiqni ham sevib kuylashga majbur qila oladi. U har bir asarni o‘zicha tushunadi, boshqalarga qaraganda, sal boshqacharoq fikr yuritadi. Buning uchun unga katta rahmat deyman.

zor1_5_06_2013_8

zor1_5_06_2013_9

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidagi do‘stlar haqida
Loyihadagi davrim paytida men Yana Baxtiyeva bilan do‘stlashdim, bu nima bilan bog‘liqligini bilmayman, balki bunga bizni bir xonaga joylashtirishgani sabab bo‘lgandir, balki yana boshqa narsa… Albatta, dastavval bir-birimizga ko‘nikishimiz kerak edi, chunki u bilan mutlaqo boshqa odamlarmiz, biroq vaqt o‘tishi bilan hammasi o‘z joyiga tushdi, umumiy mavzularimiz, qiziqishlarimiz paydo bo‘ldi. U juda aqlli inson ekanini va u bilan suhbatlashish yoqimli ekanini tushundim. U menga kechqurun ruhshunoslik bo‘yicha kitoblar o‘qib berardi. Umuman olganda esa, men loyihadagi davrimda hamma bilan do‘stlashishga ulgurdim.

zor1_5_06_2013_10

zor1_5_06_2013_11

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi nimalar bergani haqida
Bolaligimdan yakkaxon kuylashni orzu qilardim, biroq menda bunday imkoniyat bo‘lmagandi. Doim guruhlarda, ansambllarda kuylash taklifi tushardi, loyihadan oldin shu ish bilan shug‘ullanib keldim. Ammo endi hozir o‘zimni xonanda sifatida, artist sifatida ko‘rsata olishim mumkin, hozir buni uddalay olishimni tushunaman. Aynan loyiha menga sahnada mashhur kishilar, ota-onam oldida jonli kuylash va raqqosalar bilan ishlash imkoniyatini berdi. Bu hammagayam nasib qilavermaydi. Bu yerda men yaxshi odamlar bilan tanishdim, ular bilan muloqotni davom ettiraman, fikrdosh do‘stlar, muxlislarni orttirdim, mashhur bo‘ldim.

zor1_5_06_2013_12

zor1_5_06_2013_13

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidan keyingi hayot haqida
Loyihadan keyin muxlislarga, fanatlarga ega bo‘ldim – bular 6 dan 19 yoshgacha bo‘lgan qizlar. Hozircha, hammasi shu.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system