Zo‘r-Zo‘r STAR to‘qqizinchi hisobot konserti

Millionlab teletomoshabinlar bir necha oy davomida Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasini kuzatib bordi. Puxta va uzoq kechgan kasting jarayonida tanlab olingan 10 nafar yigit-qiz mazkur tanlovning bosh qahramonlariga aylandi. Har hafta ishtirokchilar loyiha pedagoglari boshchiligida navbatdagi mavzuli konsertni tayyorlab borishdi. Bizga uch nafar finalchini tanishtirgan oxirgi hisobot konserti esa 1 iyun, soat 20:00 da Forum TV orqali namoyish etildi.

zor_3_06_2013

zor_3_06_2013_1

An’anaga ko‘ra, kecha hay’at a’zolarini tanishtirishdan boshlandi. Bu safar ularning tarkibiga quyidagilar kirdi:

Jahongir Poziljonov — taniqli xonanda, “Bojalar” guruhining yakkaxoni;
Munojat Yo‘lchiyeva — O‘zbekiston xalq artisti;
Abduhoshim Ismoilov — O‘zbekiston xalq artisti;
Gulnora Karimova — Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi hay’atining faxrli a’zosi, Fond Forum Vasiylik kengashining raisi;
Hosila Rahimova — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist;
Alisher Uzoqov — o‘zbek kinematografiyasining taniqli aktyori.
Aynan ular finalga chiqadigan uchta ishtirokchini aniqlashi kerak edi.

Konsert dasturini loyihadan chiqib ketish nominatsiyasiga tushgan ishtirokchilarning chiqishlari ochib berdi. Esingizda bo‘lsa, ushbu nominatsiyaga Rasul Tursunqulov, Oskar Jalilov va Ulug‘bek Holiqov tushgandi.

zor_3_06_2013_2

zor_3_06_2013_3

Eng kam ball Oskarga berildi, shu bois konsert uning sahna chiqishi bilan boshlandi. To‘qqizinchi hisobot konserti eski o‘zbek kinofilmlariga yozilgan saundtreklar mavzusiga bag‘ishlanishini aytib o‘tgandik. Oskar hammamiz sevib tomosha qiladigan “Mahallada duv-duv gap” filmidagi “Bu hayot” qo‘shig‘ini ijro etdi. Loyihani tark etayotgan ishtirokchining sahna chiqishi baholanmaydi, ammo shunga qaramasdan, hay’at a’zolarining har biri u haqida fikr-mulohazalari va istaklarini bildiradi. Shu tarzda Oskarga ham ko‘plab iliq so‘zlar va qimmatli maslahatlar berildi. Hamma uning xarizmasi, energetikasi va, albatta, ovozini qayd etib, unga ijobiy baho berdi. Ishtirokchi hay’at a’zolari, tashkilotchilar va o‘zi bilan birgalikda ijod bilan shug‘ullanganlarning hammasiga minnatdorchilik bildirgan holda, loyihani tark etdi.

Konsertni “Dilbarim” kinofilmidan olingan shu nomli kompozitsiya bilan Rasul Tursunqulov davom ettirdi. Sahnaga ishtirokchi bilan birga raqqosa ham chiqdi, bu ijroga yanada ko‘proq ifodalilik bag‘ishladi.

SMS-ovoz berish yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan Ulug‘bek Holiqov “Chinor ostidagi duel” filmiga yozilgan “Yoshlik” nomli saundtrekni ijro etdi.

Bir nechta avlodlarning sevimli kompozitsiyasi bo‘lgan «Sayr etaylik» qo‘shig‘ini Yana Baxtiyeva kuylab berdi.

Ishtirokchilarning chiqishlari Shahlo Ahmedovaning ijrosi bilan yakunlandi. U “Ko‘chalar” qo‘shig‘ini katta mahorat bilan ijro etib, hay’at a’zolarining eng ko‘p balliga sazovor bo‘ldi.

Konsert yakunlariga ko‘ra eng kam ballni Rasul oldi. Deyarli finalgacha yetib borgan Rasul loyihani tark etishi kerak edi. Biroq qolgan beshta ishtirokchining hammasi, shu jumladan Oskar va Rasul ham bu kecha yana sahnaga chiqadigan bo‘ldi. Loyiha tashkilotchilari bu beshtalikka maxsus ular uchun yozilgan qo‘shiqlarni ijro etish huquqini berdi.

zor_3_06_2013_4

zor_3_06_2013_5

Ulug‘bek Holiqov “Umid ber” kompozitsiyasini kuyladi, sahna chiqishining o‘ziga xos jihozlanishi, zalni bir necha daqiqaga qishki ertakka sho‘ng‘itdi.

Yana Baxtiyeva ijrosidagi “Kajdiy den” lirik kompozitsiyasi esa, nazarimizda nafaqat tomoshabinlar zaliga, balki hay’at a’zolariga ham juda yoqdi.

Rasul tomonidan ijro etilgan “Leti” kompozitsiyasi zalni o‘ziga xos energetikaga to‘ldirib, tomoshabinlarni jonlantirdi. Naqorati esda qoladigan yorqin va jo‘shqin qo‘shiq Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasining press-attashesi Oraz Abdurazakov yordamida yaratilganini, qayd etamiz. Ushbu qo‘shiq matni loyiha gimni kabi aynan uning qalamiga mansub.

zor_3_06_2013_6

zor_3_06_2013_7

Loyihaning eng yosh ishtirokchisi Shahlo Ahmedova kuylagan qo‘shiq «Yodimdasan» deb nomlandi.

Mualliflik qo‘shiqlari blokini Oskar Jalilovning chiqishi yakunladi. Uning ijrosi eng yorqin sahna chiqishlaridan biri sifatida tan olindi. Bu safar u faqat kuylab qolmasdan, raqsga ham tushdi.

Endi loyihada uch nafar ishtirokchi qoldi, bular: Ulug‘bek Holiqov, Yana Baxtiyeva va Shahlo Ahmedova.

Endi ularning taqdiri faqat “Beeline” abonentlarining qo‘lida. Sovrinli o‘rinlar qay tarzda taqsimlanishi faqat sizga bog‘liq! Ovoz bering!

Agar siz birinchi o‘rinni Ulug‘bek egallashini istasangiz, unda 7777 qisqa raqamiga 2 kodi yozilgan xabarni jo‘nating.

Yanaga muxlislik qilyapsizmi? Unda 7777 qisqa raqamiga 8 kodi yozilgan xabarni yuboring.

Agar Shahlo loyiha g‘olibiga aylanishini istasangiz, 7777 qisqa raqamiga 9 kodi yozilgan xabarni jo‘nating.

Ovoz berish jarayoni 1-iyun kuni soat 20:30 da boshlanadi va 7-iyun kuni soat 20:00 da yakunlanadi.

zor_3_06_2013_8

zor_3_06_2013_9

Eslatib o‘tamiz, 7-iyun kuni “Istiqlol” saroyida loyihaning barcha qatnashchilari ishtirokida gala-konsert bo‘lib o‘tadi. Unda siz eng yorqin sahna chiqishlarini, shu jumladan “yulduzli duetlar”ni tomosha qilishingiz va ishtirokchilarni taqdirlash marosimini kuzatishingiz mumkin. O‘z chiptangizni yutib olishga shoshiling va yoz mavsumining eng yorqin voqeasini o‘tkazib yubormang!

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system