Rasul Tursunqulov: Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasining finaliga bir qadam qolgandi
04.06.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasining ishtirokchisi Rasul Tursunkulov maxsus musiqiy ma’lumoti yo‘qligiga qaramasdan, o‘zining qobiliyati, yaxshi vokal ko‘rsatkichlari va ajoyib xarizmasi tufayli deyarli finalgacha yetib bordi. Rasul bizga Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi doirasida o‘z hayotida yuz bergan bir nechta qiziqarli voqealarni so‘zlab berdi.

zor_4_06_2013

zor_4_06_2013_1

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasining kastingi haqida
Zo‘r-Zo‘r STAR kastingi haqida men yaxshi ko‘rgan qizimdan bilib oldim, u menga vokal ko‘rsatkichlarim yaxshi ekanini va shu bois loyihada qatnashishim kerakligini aytdi. Men o‘z kuchimni sinab ko‘rishga qaror qildim va uddaladim. Ko‘plab yaxshi ovoz sohiblarining orasidan 11 nafarini tanlab olishdi, shu jumladan meni ham.

Kasting paytida kuchli hayajon bosgani, yuragim tez-tez ura boshlagani esimda, so‘zlarni unutib qo‘yamanmi deb juda qo‘rqqanman, menda bu muammo tez-tez bo‘lardi. Hayajondan to‘liq qutilishning iloji yo‘q edi, chunki u meni butkul qamrab olgandi, unga ko‘nikish va qabul qilish qolgandi, xolos.

Oxirgi turda mendan va Romadan bezori bolani tasvirlab berishimizni so‘rashdi, ammo repertuarimizda shunday obrazning energetikasini bera oladigan qo‘shiq yo‘q edi, shu bois qo‘limizdan kelganicha vaziyatdan chiqishga harakat qildik.

zor_4_06_2013_2

zor_4_06_2013_3

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidagi eng yorqin damlar haqida
Meni Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasiga olishgan oxirgi kasting bosqichidagi damlar men uchun eng quvonchli xotiraga aylandi. Men go‘yoki iloji yo‘q narsani uddalaganimni his qilib turardim. Ushbu hal qiluvchi chiqishga kechasi bilan tayyorlanib chiqqandim, birodarim bilan Riannaning “Diamonds” qo‘shig‘iga “minusovka” tayyorladik. Biz bu qo‘shiqni mening ijroimda, biroz o‘zgacha rakursda ovozlashtirishga qaror qildik, g‘aroyibroq narsa qilmoqchi edik, bu ish berdi. Saralash komissiyasi a’zolarining qaroriga nima ta’sir qilganini bilmayman-u, balki ularga mening ijrom yoqqandir, yoki ularni men yaratgan obraz ilintirdimi, yoki bu shunchaki taqdir taqozosimidi, ammo yakuniy natija barcha umidlarimni oqladi.

zor_4_06_2013_4

zor_4_06_2013_5

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasida tashqi olamdan uzib qo‘yishgani haqida
Men oyimdan uzoqda bo‘lishimni hatto o‘ylamagandim, u paytda miyamda faqat “men Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasiga tushdim”, degan xayol charx urardi. Haqiqatan ham, nafaqat men tomonimdan, balki yaqinlarim va qarindoshlarimdan iborat qo‘llab-quvvatlash guruhi tomonidan ham shuncha harakat, shuncha kuch sarflangandi. Ular meni har tomonlama ruhan qo‘llab-quvvatlashdi, o‘zimga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashdi, bu ularning mehnati. Ulardan uzoq bo‘lishim haqidagi fikr miyamga bir haftadan keyin, bizni mehmonxonaga joylashtirishganidan so‘ng keldi. Men buni juda og‘ir qabul qildim, chunki borgan sayin loyihada yanada og‘irroq bo‘la boshlagandi, bizga ko‘proq mas’uliyat yuklandi. Men yaqinlarim va qarindoshlarimni qattiqroq sog‘ina boshladim.

Tashqi dunyo bilan aloqa vositalarini olib qo‘yishgani dastlabki kunlarda noqulaylikni tug‘dirdi, bizni nimadir yetishmayotganlik hissi tark etmasdi. Loyihaning o‘rtasiga kelib, to‘liq izolyatsiya ishlar bilan, aniqrog‘i qo‘shiq bilan shug‘ullanishning, to‘liq ishga berilishning eng yaxshi usuli ekaniga ishonch hosil qildim.

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidagi mashg‘ulotlar haqida
Vokal bo‘yicha mashg‘ulotlarda Rustam Hamroqulov meni to‘g‘ri kuylashga o‘rgatdi, buning uchun unga katta rahmat aytaman, aynan u meni professional terminlarga o‘rgatdi, nima qanday nomlanishini ko‘rsatib berdi.

Xoreografiya darslarida meni ko‘p harakat qilishga majbur qilishdi. Menga shunday qimmatli saboqlarni bergan Elvira, Slavik va Irodaga rahmat aytmoqchiman, ammo men bu darslarda biroz qoloqlik qildim.

Ruhshunoslik bo‘yicha mashg‘ulotlarimiz yaxshi o‘tardi. Menga yoqqan mavzulardan biri ustun vazifani qo‘yishga bag‘ishlangan edi. Shaxsan o‘zim uchun o‘zimning ana shunday ustun vazifamni belgiladim: kuylash menga nima uchun kerak? Birinchi navbatda, o‘zim uchun, keyin senga ishongan boshqa kishilar uchun.

Zo‘r-Zo‘r STAR hisobot konsertlari haqida
Menga hammasidan ham o‘zimning uchta sahna chiqishim yoqdi: Rayhon va Ziyoda bilan kuylagan duetlarim hamda Tohir Sodiqovning “Yoz, alvido” qo‘shig‘ining ijrosi. Ularda men bor iqtidorimni ishga soldim, tomoshabinlar ham buni munosib baholashdi.

Dastlabki uchta konsert men ijro etadigan janrda o‘tkazildi, ularda o‘zimni suvdagi baliqday his qilardim: Jon Bon Jovining “Its my life”, “Tito & Tarantula”ning “After dark” kompozitsiyalari va estradamiz yulduzi bilan yaratilgan duet. Rayhonning qo‘shig‘i erkaklar vokali uchun mo‘ljallanmagandi. Ammo biz harakat qilib, deyarli iloji yo‘q ishni amalga oshirdik. U ham men uchun muxlislik qildi, buning uchun unga katta rahmat deyman. Rayhon menga o‘zimni sahnada qanday tutishim kerakligi borasida yordam berdi.

zor_4_06_2013_6

zor_4_06_2013_7

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidagi nominatsiya haqida
Nominatsiyaga tushib qolganingni anglash, unchalik yaxshi hissiyot emas, qo‘pol qilib aytganda, o‘zingni rad etilgan odamday sezasan: hamma yaxshi-yu, faqat sen ayb ish qilib qo‘yganday. O‘zimni baribir eng yaxshi ijrochilar o‘ntaligiga tushdim, degan xayol bilan tinchlantirishga to‘g‘ri keldi.

Dastlabki 15 soniya davomida finalga bir qadam qolganida, meni loyihadan chiqarib yuborishganidan haqiqatan ham xafa bo‘ldim, lekin hozir, fursatdan foydalanib, hammaga katta minnatdorchiligimni bildiraman.

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidagi do‘stlar haqida
Loyihada do‘stlarni emas, balki oila orttirdim, desam adashmayman. Ijobiy his-tuyg‘ular va bir-birimizni samimiy qo‘llab-quvvatlashlar ko‘p bo‘ldi, chunki ko‘p hollarda buning aksi bo‘ladi. Men ishtirokchilarning hammasi bilan do‘stlashdim, hatto loyihani tark etganimdan keyin ham hozirgacha ularning hammasi bilan muloqot qilaman. Ularni ko‘rishdan har doim samimiy mamnunman.

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi nima bergani haqida
Loyiha davomida meni o‘zgarishga majbur qilgan ko‘p narsalar bo‘ldi. Men aqlliroq, ijobiy fikrlaydigan insonga aylandim, tajribaga ega bo‘ldim, yangi do‘stlar va tanishlarni orttirdim, sahnada to‘g‘ri ijro etish ko‘nikmalarini oldim. Sahnada samimiy bo‘lish – bu san’at ekanini, men aynan shu yerda tushundim, chunki inson o‘zini shunchaki ko‘rsatishi oson emas, sen uchun ommaviy yolg‘izlik nima ekanini ko‘proq anglash kerak ekan, sahnada yashashga harakat qilish zarur ekan.

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidan keyingi hayot haqida
Loyihadan so‘ng do‘stlarim ancha ko‘payib qoldi. Barcha yaqinlarim va qarindoshlarim erishilgan yutuq bilan cheklanib qolmasligim kerakligini, ijodga qo‘l siltamasdan, faqat oldinga harakat qilishim va hayotda ko‘p narsalarga erishishim zarurligini aytishyapti. Hozirning o‘zidayoq hamkorlik haqidagi yangi takliflar tushgan, ammo bu haqda gapirishga hali erta, hozircha hammasi sir bo‘lib qolsin.

zor_4_06_2013_8

zor_4_06_2013_9

Men nimalarga qodirligimni ko‘rsatish imkonini bergan loyihaning o‘ziga katta rahmat deyman. Loyihadan oldin men mutlaqo boshqacha, havaskor darajasida kuylardim, hozir esa qo‘shiqlarni professionalroq ijro etyapman.

Muxlislarga va endigina faoliyatini boshlayotgan yulduzlarga tilaklari

Taslim bo‘lmang, chekinmang, orzuingizga intiling va o‘zingizga ishoning, shunda, albatta, hammasini uddalaysiz.

zor_4_06_2013_10

zor_4_06_2013_11

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq