Akbar Tolipov Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi haqida

Akbar Tolipov – chiqib ketish nominatsiyasiga tushganidan keyin Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasida qolish kabi ajoyib imkoniyatga ega bo‘lgan yagona ishtirokchi. Aynan u hay’at a’zolarini o‘zining ovozi bilan zabt eta oldi. Bularning hammasi haqida Akbarning o‘zi bizga gapirib berdi.

zor1_4_06_2013

zor1_4_06_2013_1

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasining kastingi haqida
Kasting haqida TV orqali namoyish etilgan reklamadan bilib qoldim va kuchimni sinashga qaror qildim. Anketani “Beeline”ning markaziy ofisida to‘ldirdim, sal keyinroq menga qo‘ng‘iroq qilib, kelishimni so‘rashdi. Birinchi bosqichda men ikkita qo‘shiqni ijro etdim: milliy va yevropacha. Keyin hay’at a’zolari meni tabriklashdi va keyingi bosqichga o‘tganimni aytishdi. Ikkinchi turda 10 kishilik har bir guruhdan bittadan ishtirokchi tanlab olinib, u yakuniy turga o‘tish huquqiga ega bo‘ldi. Menga navbat kelishini kutib, charchagandim, shuning uchun guruhimizni chaqirib, kim birinchi bo‘lishini so‘rashganida, men oldinga chiqdim. Zalda saralash komissiyasi a’zolarining orasida O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ham bor edi. U menga hayajonlanmaslikni va nimaga qodir bo‘lsam, shuni ko‘rsatib berishimni so‘radi. To‘g‘risini aytsam, o‘sha paytda keyingi turga o‘tmasam ham xafa bo‘lmasdim, chunki men muxlisi bo‘lgan va men uchun etalon hisoblangan insonning oldida shogird sifatida kuylash orzuim bor edi. Men tez-tez uning qo‘shiqlarini ijro etaman, shuning uchun u menga xuddi ustozday. O‘shanda o‘zimning kichkina orzuimga yetdim.

zor1_4_06_2013_2

zor1_4_06_2013_3

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasida tashqi olamdan uzib qo‘yishgani haqida
Oldiniga aloqa vositalarini cheklab qo‘yishgani menga yoqmadi, chunki doim nimanidir yo‘qotganday his qilardim, ammo 3-4 kundan keyin bu bejiz qilinmaganini tushundim. Bunday holatda fikrlarni jamlay boshlarkansan, vaqtingni ko‘proq repetitsiyalarga bag‘ishlaysan, seni hech nima chalg‘itmaydi.

zor1_4_06_2013_4

zor_4_06_2013_5

Zo‘r-Zo‘r STAR hisobot konsertlari haqida
Menga birortayam chiqishim yoqmadi, men hech qachon o‘zimdan qoniqish hosil qilmaganman. Dastavval kuylashim yoqqanday bo‘ladi, keyin tashqaridan qaraganimda xatolarimni ko‘raman va o‘zimdan xafsalam pir bo‘lib ketadi. Repetitsiyalarda konsertlarga qaraganda yaxshiroq kuylardim.

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidagi nominatsiya haqida
Ich-ichimdan o‘zimni siqilib qolganday his qildim, keyin esa 11 nafar ishtirokchining orasida bo‘lib qolishning o‘zi katta baxt ekanini angladim, menga loyihada qolish imkoniyatini berishganidan juda mamnun edim – bu ham o‘ziga xos omad, u boshqa hech kimga nasib qilmadi.

zor1_4_06_2013_6

zor1_4_06_2013_7

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidagi yorqin lahzalar haqida
Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasida qatnashayotganimning o‘zidan xursand edim. Albatta, o‘zimni yomon his qilgan kunlar ham bo‘ldi, chunki betob bo‘lib qolgandim. Ammo loyihani tark etgandan so‘ng, u yerda o‘tkazgan har bir kunim, hatto nominatsiya ham menda qandaydir bir ijobiy taassurotlar qoldirganini tushundim. Sayohat qilishni, joylarni almashtirishni yoqtiraman, loyihaning o‘zi men uchun qandaydir bir orolga aylandi, u hayotimni qiziqarliroq qildi, bu esa, albatta, yoqimli.

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidagi mashg‘ulotlar haqida
Menga hammasidan ham ruhshunoslik bo‘yicha mashg‘ulotlar yoqdi, chunki u menga orzuimga oydinlik kiritishga yordam berdi. Hayotda shunday damlar bo‘ladiki, inson biror bir vaziyatda boshi berk ko‘chaga kirib qoladi va nima qilishini bilmaydi. Sabina esa bizga yordam berdi, yaxshi maslahatlar berib turdi. Loyihadan keyin tez orada o‘z faoliyatimni boshlayman va, albatta, maslahat olish uchun uning oldiga boraman.

zor1_4_06_2013_8

zor1_4_06_2013_9

Rustam Hamroqulov inson sifatida ham, ustoz sifatida ham ajoyib shaxs. Loyihadan oldin vokal bo‘yicha darslarni unchalik ko‘p professional darajada olmaganman, asosan to‘ylarda kuylaganman. Loyiha menga yaxshi start berdi, bu yerda qo‘shiqni to‘g‘ri ijro etish ko‘nikmalariga ega bo‘ldim.

Xoreografiya ham, albatta, kerak, biroq men uchun u shunchaki dars bo‘lib qolaveradi, uni yaxshi o‘zlashtirolmadim. Men bir paytda bir nechta vazifani – na kuylash va na raqsga tushishni bajara olmas ekanman. Shuning uchun har bir ovoz berish jarayonida xoreografiya tufayli ballarim past bo‘lishidan tashvishga tushardim. Ammo biz uchun eng yaxshi pedagoglar tanlangan, ular bizga yaxshi ta’lim berishdi.

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidagi do‘stlar haqida
Loyihada Oskar, Rasul, Ulug‘bek eng yaqin do‘stlarimga aylandi. Ammo menga ruhan ko‘proq Oskar yaqin bo‘ldi. U bilan suhbatda qiynalardim, chunki rus tilida yaxshi gapirolmayman, u esa o‘zbek tilida yaxshi gapirolmaydi, biroq ikki haftadan keyin bir-birimizni bir og‘iz so‘zdan tushuna boshladik.

zor1_4_06_2013_10

zor1_4_06_2013_11

zor1_4_06_2013_12

zor1_4_06_2013_13

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidagi “Aisha” laqabi haqida
Oldiniga ismimni juda kamchilik bilardi, tinglovchilarning ko‘pchiligi meni qo‘shig‘imdan tanib olishardi, laqab ham shu tarzda paydo bo‘ldi, hozir bu laqab bilan chaqirishmaydi, albatta.

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi nimalar bergani haqida
Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasida qatnashishning o‘zi omad, men yangi do‘stlar orttirdim, foydali tanishlarga ega bo‘ldim. Loyiha mening kelajagim uchun yaxshi start bo‘ldi, men oldimga qo‘ygan maqsadlarimga erisha olishimga ishondim va ko‘plab muxlislarga ega bo‘ldim.

Zo‘r-Zo‘r STAR lyoihasidan keyingi hayot haqida
Mn Jahongir Poziljonovning konsertida u bilan birga kuylashim kerak edi, ammo bu bo‘lmadi, chunki shamollab qoldim. Albatta, konsertga tayyorgarlik uch kun yoki bir hafta bo‘lmaydi, unga kamida bir oy oldin tayyorlanish kerak. Balki yaqin kelajakda u bilan duetda kuylarmiz. Hozir asta-sekin o‘z qo‘shig‘imni yozishni boshlayapman.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system