Zo‘r-Zo‘r STAR gala-konserti: repetitsiyalar avjida
31.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi o‘zining mantiqiy yakuniga yetayotganiga va yigit-qizlarning ko‘pchiligi loyihani tark etganiga qaramasdan, ularning hayoti oldingiday qizg‘in kechmoqda. Har kuni Yoshlar ijod saroyida repetitsiyalar olib borilyapti, ishtirokchilarning barchasi 7-iyun kuni “Istiqlol” saroyida o‘tkaziladigan bo‘lg‘usi gala-konsertga tayyorgarlik ko‘rishyapti.
Zulayho Boyxonova, Rayhon, Lola, Shahzoda, Ulug‘bek Rahmatullayev, Nilufar Usmonova va boshqa ko‘plab o‘zbek estradasi yulduzlari Zo‘r-Zo‘r STAR ishtirokchilari bilan birga qo‘shilib repetitsiya qilayotganini har kuni kuzatish mumkin. Ular bir necha soat davomida ishtirokchilar bilan birga qunt bilan tayyorlanishmoqda.
Biroz oldinlab ketgan holda, aytmoqchimizki, Zo‘r-Zo‘r STAR gala-konsertida 10 ta ishtirokchining hammasi qatnashadi, ularning har biri bir nechta yaxshi qo‘shiqni ijro etadi hamda o‘zbek estradasi yulduzlari bilan duetda kuylaydi.
Zo‘r-Zo‘r STAR Gala-konsertiga tushishni xohlaysizmi? Unda “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘ida va “O‘zbegim Taronasi” radio efirida o‘tkazilayotgan tanlovlarda qatnashing. Shoshiling, vaqt cheklangan.
Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi