Sabina Ablyaskina Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasida qolgan ishtirokchilar haqida

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasining har bir hisobot kontsertidan so‘ng ishtirokchilar soni kamayib bormoqda. O‘n bir nafar ishtirokchidan final kontsertgacha bor-yo‘g‘i beshtasi yetib bordi. Ularning muxlislariga bu yigit-qizlar aslida qandayligini bilish qiziqarli bo‘lsa kerak. Loyihaning bosh ruhshunosi Sabina Ablyaskina ularning qisqacha tavsifini berdi, chunki aynan u tanlov jarayonida har bir ishtirokchining qalbiga nazar solishga va uni ichidan tushunishga harakat qilib bordi.

zor_31_05_2013_2

Rasulda samimiy mehribonlik bor. Ishtirokchilardan kimgadir avval boshida uning fe’lidagi ushbu fazilati yasamaday tuyulgandi, hatto iliq tabassumi ham, ammo aslida bunday emas. Balki unga hozir og‘irdir, biroq u jilmayishga harakat qilyapti. Bu uning odamlarni aldayotganini bildirmaydi, u shunchaki olam yaxshiroq bo‘lishini istayapti, xolos, shu bois o‘zining g‘azabini, xafagarchiligi va alamini tashqariga chiqarmaslikka harakat qilmoqda. U xuddi konverter kabi yomon energetikani yaxshiga aylantiryapti, shu bois atrofidagilarga tabassum va mehr-muhabbat ulashmoqda. Unda o‘zi tan olmaydigan yana bir narsa bor. Hozir Rasul o‘zining ustida ishlamoqda, o‘zidagi ko‘p narsalarni o‘zgartirishga harakat qilyapti, bu uning uchun eng to‘g‘ri yo‘l. Vaqt o‘tishi bilan u yanada samimiy, ko‘ngilchan, to‘g‘ri insonga aylanadi.

Oskarning o‘zi aytganiday, loyihaga otlanayotganida boshqalardan yomonroq chiqaman, deb o‘ylagan, chunki hech qachon o‘zini “xonanda” degan so‘z bilan atamagan. U har doim musiqaga bo‘lgan qiziqishini shunchaki xobbi deb hisoblagan, shu bois buzuq ohanglarni chiqaruvchi noprofssional ijrochi bo‘laman, deb o‘ylagan. Biroq keyin Oskar iste’dodi borligini, agar u kelajakda shu yo‘ldan borsa, ko‘p narsalarga erishishini tushunib yetdi. O‘ylashimcha, u loyiha davomida rivojlantirishi mumkin bo‘lgan katta poydevorga ega ekanini angladi. U o‘zini sahnada boshqalarga qaraganda qulayroq his qiladi, u Xudo bergan tug‘ma xarizma va magnetizmga ega. Hozir u asta-sekin o‘zini-o‘zi rivojlantirish bilan shug‘ullanyapti. Oskar juda aqlli, dono, o‘qimishli inson, qilayotgan ishiga kattalarday qaraydi, musiqachi sifatida esa bunga yetarlicha jiddiy munosabatda bo‘lmoqda. Odamlarning qalbiga kirib bora oladigan musiqa yozishni o‘zining maqsadi deb biladi. Oskar artist begonalarning qo‘shiqlarini ijro etmasligi kerak, u shu kasbga butun borlig‘ini bergan holda musiqani o‘zi yozishi lozim, deb hisoblaydi

Boshida Ulug‘bek hammaga juda manman, o‘zining qadrini biladigan, jiddiy bo‘lmagan yigitday ko‘ringandi. Biroq loyiha davomida u to‘liq o‘zini ko‘rsatdi, biz uning juda mehribon va oddiy inson ekanini ko‘rdik. Unda bolalarcha sho‘xlik bor, u o‘yinda hammasini oshirib yuborishi mumkin, ammo agar Ulug‘bek bilan yolg‘iz suhbatlashganda, uning ichki mehribonligini va ziyoliligini ko‘rsa bo‘ladi. U yigit-qizlarning hammasiga yoqadi.

Yanadagi eng asosiy fazilat – bu mehnatsevarlik. Hatto ishtirokchilarning o‘zlari ham oldinlari u o‘zbek tilidagi qo‘shiqlarni ijro etmaganini aytishyapti, biroq aynan loyihada u o‘z oldiga o‘zbek milliy qo‘shiqlarini kuylash kabi aniq bir vazifani qo‘ydi. U tinmasdan repetitsiyalar qildi, aktsent, melizmlar ustida ishladi. Shunga qaramasdan, hozirga u o‘zini nimagadir yalqov deb hisoblaydi. Mening fikrimcha, bu uning yanada tirishqoqlik bilan ishlashi uchun yaxshi rag‘bat. Yana o‘zini do‘st sifatida ko‘rsatganida, uning suhbatdoshi chuqur his qiladigan, fikrlaydigan doim o‘zining ichki olami ustida ishlaydigan insonni ko‘rishi mumkin. Albatta, u yigit-qizlar orasida davraning jonu-dili bo‘lishga intilmaydi, chunki avval boshidanoq o‘zini faqat faol ishga, har safar yaxshiroq chiqishga yo‘naltirgan. U hech qachon bo‘shashmaydi.

Shahlo atrofdagilarning hammasiga yoqadigan qiz. U juda bosiq, kamtar inson, ammo agar uni nohaq xafa qilishsa, o‘zi uchun tura oladi. Lekin buni kattalarga o‘xshab emas, balki bolalarcha qiladi. Balki bu hali birovdan kamdan-kam hollarda jahli chiqqani uchundir. Shahlo sahnada bir rolni o‘ynab, hayotda esa mutlaqo boshqacha deb aytib bo‘lmaydi. Yo‘q, u har doim shunaqa. Odam 24 soat davomida niqobda yurolmaydi, baribir ertami-kechmi uning haqiqiy yuzini ko‘rish mumkin. Mashg‘ulotlarimizda shunday ekstremal, emotsional og‘ir vaziyatlar bo‘ldiki, unda ishtirokchilarning har biri o‘z mohiyatini ko‘rsatishga majbur bo‘ldi.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system