Rustam Hamroqulov: « Zo‘r-Zo‘r STAR da juda qiziqarli mualliflik qo‘shiqlarini kutyapmiz»

Yakuniy Zo‘r-Zo‘r STAR hisobot konsert qaysi mavzuga bag‘ishlanishi haqidagi sirni bizga vokal bo‘yicha pedagog Rustam Hamroqulov ochib berdi.

zor_31_05_2013

— To‘qqizinchi Zo‘r-Zo‘r STAR hisobot konserti eski o‘zbek kinofilmlariga yozilgan saundtreklarga bag‘ishlanadi. Bu safar beshta ishtirokchining har biri ikkitadan qo‘shiqni – tanlov va mualliflik kompozitsiyalarini ijro etadi.

Rasul — «Dilbarim», «Dilbarim» kinofilmi;
Yana — «Sayr etaylik», «Mahallada duv-duv gap» kinofilmi;
Shahlo — «Ko‘chalar», «Yor-yor» kinofilmi;
Oskar – «Bu hayot», «Mahallada duv-duv gap» kinofilmi;
Ulug‘bek — «Yoshlik», «Chinor ostidagi duel» kinofilmi.

Bizni juda qiziqarli mualliflik qo‘shiqlari kutmoqda. Oskarning musiqiy kompozitsiyasiga alohida to‘xtalishni istardim. Qo‘shiq aranjirovkasini qilishda unga Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidan tashqaridagi do‘stlari yordam berishdi. Bu klub musiqasi bo‘ladi, qo‘shiqning o‘zi esa faqat o‘zbek tilida yangraydi, buni Oskarning o‘zi xohladi.

Yana mualliflik qo‘shig‘i ustida ancha o‘yladi. Dastavval bastakor tomonidan taklif etilgan taronani u ikki marta qayta ishladi. Barcha Zo‘r-Zo‘r STAR repetitsiyalari davomida Yana turli tinglovchilardan qaysi biri yaxshi ekanini tez-tez so‘rab turdi. U kompozitsiya ustida uzoq ishladi, nihoyat hammasi biroz g‘aroyibroq chiqdi. Juda chiroyli, yumshoq va jadal ijro hamda improvizatsiyani ko‘ramiz.

Rasul “Leti” qo‘shig‘ini ijro etadi, kompozitsiya matni juda chiroyli, yevropacha formatda yozilgan, aytganday, qo‘shiq so‘zlarini Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasining press-attashesi Oraz Abdurazakov yozgan.

Hisobot konsertga parallel ravishda yakuniy Zo‘r-Zo‘r STAR gala-kontsertiga tayyorgarlik ham ketmoqda. Uni hamma ko‘rishi kerak, deb o‘ylayman, aks holda ko‘rmaganlar ko‘p narsani yo‘qotadi, chunki ijro faqat jonli olib boriladi. Konsert dasturidan yakkaxon va mualliflik qo‘shiqlari, shuningdek yulduzlar bilan duetda kuylangan eng yorqin sahna chiqishlari ham o‘rin olgan.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system