«Bilayn» — West Camp yozgi bolalar oromgohining hamkori

Eng yirik aloqa operatori «Bilayn» (MChJ Unitel va QK Buzton) ingliz tiliga ixtisoslashgan West Camp yozgi ta’lim oromgohining hamkori sifatida chiqdi.

2 iyun kuni mavsum ochilishi doirasida kompaniya mutaxassislari ko‘chma namoyish o’tkazadilar. O‘yin va ko’ngilochar tarzda kechadigan namoyishda ular 7dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga aloqa tarixi, simli va simsiz Internet xususiyatlari, turli standartdagi tarmoqlarning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek telekom-sanoatining eng so‘nggi yangiliklari haqida ma’lumot beradilar.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati raxbari Oraz Abdurazoqov shunday dedi: «Biz West Camp oromgohi bilan ilk bor hamkorlik qilmayapmiz. O‘tgan yili «Ta’limga ko‘mak» dasturi doirasida «Mobil internet — bolalarga» shiori ostida turkum namoyishlar o‘tkazildi, va aytishim mumkinki, bu kabi uchrashuvlardan bolalarda eng yorqin taasurotlar qolgan. Bizning maqsadimiz — bolalar ongida kommunikatsiya haqida ilk tasavvur uygotishdir, toki ular Internet olamiga ekspertlar yordamida va to‘liq xavfsizlikda qadam qo‘ysinlar».

Namoyish yakunida bolalar shartli ravishda 6 guruhga bo‘linib, ular o‘rtasida mavzuga doir viktorina va bellashuvlar o‘tkaziladi. O‘yin g‘oliblari kompaniyadan esdalik sov‘galari bilan taqdirlanadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system