Sabina Ablyaskina: « Zo‘r-Zo‘r STAR ishtirokchilaridan har biri aynan u finalgacha yetib borishiga umid qilmoqda»

Har bir Zo‘r-Zo‘r STAR hisobot konsertidan keyin loyihani bitta ishtirokchi tark etadi. Bir-biri bilan do‘stlashib ketgan yigit-qizlar uchun navbatdagi ishtirokchining ketishi – katta stress. Vokal, aktyorlik mahorati va xoreografiya bo‘yicha pedagoglardan tashqari, Zo‘r-Zo‘r STAR da ruhshunos ham bor, u yigit-qizlarni sahnaga, chiqishlar va konsertlarga ruhan tayyorlab qolmasdan, ularga o‘z kechinmalari yaxshiroq tushunishga ham yordam bermoqda. Ishtirokchilar loyihadan chiqib ketish nominatsiyasi kabi mushkul sinovga qanday munosabatda bo‘layotganlari haqida bizga loyiha ruhshunosi Sabina gapirib berdi.

beeline_30_05_2013

— Ishtirokchilarning ko‘pchiligi tanlovni dastavval mashhur bo‘lish va ular boshqa yigit-qizlardan qay darajada yaxshiroq ekanini ko‘rsatish imkoniyati sifatida qabul qilmagani meni juda quvontirdi. Ular Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasiga katta tajriba olish mumkin bo‘lgan maktab sifatida qarashdi. Ular mashhurlik, shuhratparastlik ortidan quvishmadi. Ularning maqsadi o‘z orzusini amalga oshirish, o‘zlari sevgan ish bilan shug‘ullanish edi. Oddiy hayotda ular boshqa ishlarga chalg‘ib ketardi, bu yerda esa ular o‘zini ijodga, musiqaga, professional o‘sishga to‘liq bag‘ishlashlari mumkin bo‘ldi.

Tanlov ishtirokchilari Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasida qatnashishlarini juda real qabul qilishdi, yigit-qizlarning hammasi yuz foiz moslashdi. Shuning uchun uni tark etish ishtirokchilarga qiyin bo‘lyapti. Birinchi ishtirokchi – Feruzaning chiqib ketishi eng og‘iri bo‘ldi. Yigit-qizlar uning ketishini og‘ir qabul qilishdi, xuddi oila tarqalib ketayotganday his paydo bo‘ldi.

Zo‘r-Zo‘r STAR ni Madina tark etganida esa, ko‘pchilik ma’yus bo‘lib qoldi, chunki u juda quvnoq inson bo‘lib, hamma narsada yaxshi tomonni topardi. Akbarning ketishi u bilan do‘stlashgan kishilarni, xususan Oskarni xafa qildi. Akbar rus tilini, Oskar esa o‘zbek tilini unchalik yaxshi bilmasa-da, ular do‘stlashib ketdi, buning ustiga lingvistika borasidagi bilimlarini kengaytirishdi.

To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, har bir ishtirokchining loyihadan ketishi albatta og‘riqli qabul qilinadi. Ular tanlovdan chiqib ketgan bo‘lsa ham, kamida hisobot konsertlariga kelishyapti, buning ustiga final gala-shousiga tayyorgarlik bormoqda, shu bois ular ba’zida bir-biri bilan ko‘rishib turishibdi.

Loyihadan chiqib ketish nominatsiyasiga tushish ishtirokchilar tomonidan har xil qabul qilinyapti. Agar ular yomon chiqish qildim deb hisoblasa, bunga ham adolatli jazo sifatida qarashmoqda. Hammamiz Shahloning operaga bag‘ishlangan Zo‘r-Zo‘r STAR hisobot konsertidagi chiqishini eslaymiz. O‘shanda u o‘zining bu nominatsiyaga tushishini tegishli tarzda qabul qilgandi. Agar ishtirokchilar bir hafta davomida mehnat qildik, repetitsiya qildik, boshqalardan yomon chiqqanimiz yo‘q, lekin baribir past baho oldik, deb o‘ylasa, albatta, juda qattiq xafa bo‘lishadi.

Ular SMS-ovoz berish jarayoniga juda ishonch bilan qarashadi, chunki tomoshabin hammasini his qiladi, shu jumladan samimiylikni ham, soxtalikni ham! Hozir loyihada qolgan ishtirokchilar juda jipaslashib olgan, ularning har biri aynan u loyihani oxirigacha tark etmasligiga umid qilmoqda.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system