“Bilayn” Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini Zo‘r-Zo‘r STAR Gala-konsertiga taklif qildi
30.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) aksiya o‘tkazdi, uning doirasida Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasining ishtirokchilari Mehribonlik uyida bo‘ldilar. Bolalarni himoya qilish kuni arafasida boshlang‘ich yulduzlar eng yosh muxlsilari oldida kuyladilar.
“Bilayn”ga bolalarimizga ulashgan xursandchiligi uchun rahmat, — deydi 21-son Mehribonlik uyining direktori Malik Ro‘ziqulov. – Biz 12 beri bolalar bilan ishlab kelamiz va ayni shu yoshda ular zamonaviy estraga juda qiziqadilar, shunday ekan Zo‘r-Zo‘r STAR qahramonlari bilan bo‘lgan uchrashuvni ular uzoq eslab yuradilar”.
Mini-konsertdan so‘ng tanlov ishtirokchilari har bir bolaga Zo‘r-Zo‘r STAR belgisi tushirilgan sovg‘a va yodgorliklarni taqdim qildilar, Unitel Bosh direktori Andrey Safronyuk esa barcha tarbiyalanuvchilarni 7 iyunda Istiqlol saroyining sahnasida bo‘lib o‘tadigan Gala-konsertga taklif qildi.
Mazkur voqeani sharhlar ekan, Andrey Safronyuk shunday dedi: “Boshidanoq Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi “Bilayn”ning yangi avlodning kamol topishiga qo‘shiladigan hissasi sifatida o‘ylangan va biz Forum Jamg‘armasi bilan hamkorlikda ushbu g‘oyani amalga oshira olganimizdan mamnunmiz. Bolalar mamlakatimiz tayanchi, shuning uchun men ushbu uchrashuv ularni kelajakdagi bundan-da yorqinroq va jiddiy muvaffaqiyatlarga ilhomlantirishiga umid qilaman”.
Uchrashuv oxirida Zo‘r-Zo‘r STAR ishtirokchilari barcha xohlovchilar bilan suratga tushdilar.
Manba: kompaniya press-relizi