“Bilayn” Zo‘r-Zo‘r STAR Gala-konsertiga chiptalarni o‘ynaydi!
29.05.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Zo‘r-Zo‘r STAR musiqiy loyihasining Gala-konsertiga chiptalar o‘yinini boshlaydi. O‘yin kompaniya abonentlarining o‘rtasida 7 iyunga qadar bo‘lib o‘tadi.
Final shouga chiptalarni olish uchun “Bilayn” abonentlari O‘zbegim Taronasi radiosidagi, Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘ining Beeline Uzbekistan korporativ sahifasidagi viktorinalarda ishtirok etishlari yoki aksiya shartlarini bajarishi lozim.
“Zo‘r-Zo‘r STAR Gala-konsertiga chiptalar – “Bilayn” abonetlariga navbatdagi sovg‘a, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – 27 maydan boshlab har kuni FM 101 jonli efirida chiptalar o‘ynalmoqda: boshlovchi loyiha haqida savollar beradi, unga to‘g‘ri javobni berish lozim. Bundan tashqari, chiptalarni “Bilayn” savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida mijozlarimiz uchun o‘tkazilayotgan maxsus aksiyalarda ishtirok etib, qo‘lga kiritish mumkin”.
Quyidagi shartlardan birini bajargan “Bilayn” abonentlari Zo‘r-Zo‘r STAR Gala-konsertiga chiptalarning egalariga aylanadilar:
• Toshkentdagi savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida Huawei Honor rusumidagi yoki istalgan Samsung modelidagi telefon xarid qilinganida
• Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidan bir vaqtning o‘zida 5 ta musiqa xarid qilinganida
• 5555 qisqa raqamidan Zo‘r-Zo‘r Star kontentidan (musiqa, rasm yoki video) bir vaqtning o‘zida 5 ta birlik xarid qilinganida
• Beeline Club dan 500 ballni chiptaga almashtirilganida
• Toshkentdagi bosh savdo va xizmat ko‘rsatish ofisida $50 nominaldagi “Bilayn” to‘lov kartasi yordamida hisob to‘ldirilganida
• Bir vaqtning o‘zida hisob 100 000 so‘mdan ortiq mablag‘ bilan to‘ldirilganda
• Zo‘r-Zo‘r Star loyihasi ishtirokchilariga ovoz berishda faol ishtirok etilganda
• “Bilayn” simli internetiga ulanganda
Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi